Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2016 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2016 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

22.03.2016

 

2016 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 22.12.2015 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida» PQ-2455-son Qaroriga 9-ilova, bundan keyin – PQ-2455-son Qaror).

 


Yanvar–mart oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 390 720 soʻmni (130 240 х 3) tashkil etadi (Prezidentning 26.08.2015 yildagi «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida»gi PF-4751-son Farmoni).

 

 

Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2016 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 130 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining birinchi qismi, bundan keyin – Kodeks).

 


2016 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan soliq solinadigan ish haqining (daromad)ning nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holdagi summasining 1%ini tashkil etadi (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 


ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaхsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qoʻshish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning ­3-bandi, AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan).

 


2016 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7,5%i miqdorida belgilangan (PQ-2455-son Qarorning 3-bandi).

 


 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

390 720 soʻmgacha

 

0%

 

390 721 soʻmdan 1 953 600 soʻmgacha (5 х 390 720)

 

390 720 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

1 953 601 soʻmdan 3 907 200 soʻmgacha (10 х 390 720)

 

117 216 soʻm + 1 953 600 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

3 907 201 soʻm va undan yuqori

 

449 328 soʻm + 3 907 200 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


 

1-VAZIYaT.  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–mart oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan daromad 390 000 soʻmni (130 000 х 3) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 390 720 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (390 000 х 0%) tashkil qiladi. Uning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 9 750 soʻmga (130 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 120 250 soʻm (130 000 – 9 750) toʻlanadi.

 

 

2-VAZIYaT.   Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


 

Xodimga yanvar–mart oylarida oyiga 550 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan, yil boshidan daromad 1 650 000 soʻmni (550 000 х 3) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS:

(1 650 000 – 390 720) х 7,5% = 94 446 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 62 964 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 31 482 soʻmga (94 446 – 62 964) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 12 592,8 soʻmni ((1 650 000 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 8 395,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 4 197,6 soʻmni (12 592,8 – 8 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 27 284,4 soʻm (31 482 – 4 197,6) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 41 250 soʻmni (550 000 х 7,5%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 477 268 soʻm (550 000 – 31 482 – 41 250) toʻlanadi.

 

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 2 400 000 soʻmni (800 000 х 3) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

117 216 + (2 400 000 – 1 953 600) х 17% = 193 104 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 128 736 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 64 368 soʻmga (193 104 – 128 736) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 20 092,8 soʻmni ((2 400 000 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 13 396,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 6 697,6 soʻmni (20 092,8 – 13 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 57 670,4 soʻm (64 368 – 6 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 60 000 soʻmni (800 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 675 632 soʻm (800 000 – 64 368 – 60 000) ish haqi oladi.

 

 

4-VAZIYaT.  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 4 200 000 soʻmni (1 400 000 х 3) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

449 328 + (4 200 000 – 3 907 200) х 23% = 516 672 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 344 448 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 172 224 soʻmga (516 672 – 344 448) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 38 092,8 soʻmga ((4 200 000 – 390 720) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 25 395,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 12 697,6 soʻmni (38 092,8 – 25 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 159 526,4 soʻm (172 224 – 12 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 122 776 soʻm (1 400 000 – 172 224 – 105 000) ish haqi oladi.

 

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 


 

5-VAZIYaT.  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 4 200 000 soʻmni (1 400 000 х 3) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromad:

4 200 000 – 390 480 х 4 = 2 637 120 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

117 216 + (2 637 120 – 1 953 600) х 17% = 233 414,4 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 155 609,6 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 77 804,8 soʻmga (233 414,4 – 155 609,6) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 22 464 soʻmni ((2 637 120 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 14 976 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 7 488 soʻmni (22 464 – 14 976) tashkil qiladi.

Byudjetga 70 316,8 soʻm (77 804,8 – 7 488) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 105 000 soʻmni (1 400 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 217 195,2 soʻm (1 400 000 – 77 804,8 – 105 000) ish haqi oladi.

 

 

6-VAZIYaT.  Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 950 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 1 800 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 4 650 000 soʻmni (950 000 х 3 + 1 800 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga, ya’ni vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Kodeksning 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad:

3 087 120 soʻmga (4 650 000 – 1 562 880) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

117 216 + (3 087 120 – 1 953 600) х 17% = 309 914,4 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 220 046,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 89 868 soʻmga (309 914,4 – 220 046,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 26 964 soʻmni ((3 087 120 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 18 766,4 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 8 197,6 soʻmni (26 964 – 18 766,4) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 81 670,4 soʻm (89 868 – 8 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 71 250 soʻmni (950 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 788 882 soʻm (950 000 – 89 868 – 71 250) oladi.

 

 

7-VAZIYaT.   Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 300 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 4 300 000 soʻmni (1 000 000 х 3 + 1 300 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 6 = 781 440 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 3 518 560 soʻmga (4 300 000 – 781 440) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

117 216 + (3 518 560 – 1 953 600) х 17% = 383 259,2 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 284 891,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 98 368 soʻmga (383 259,2 – 284 891,2) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 31 278,4 soʻmga ((3 518 560 – 390 720) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 22 580,8 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 8 697,6 soʻmni (31 278,4 – 22 580,8) tashkil qiladi.

Byudjetga 89 670,4 soʻm (98 368 – 8 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 826 632 soʻm (1 000 000 – 98 368 – 75 000) ish haqi oladi.

 

 

8-VAZIYaT.   Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 1 000 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 1 700 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan.

Xodimning yil boshidan daromadi 5 600 000 soʻmni (1 000 000 х 3 + 1 700 000 + 900 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (390 720 х 4 = 1 562 880 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (130 240 х 6 = 781 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

3 000 000 – 1 562 880 + 1 700 000 – 1 562 880 + 900 000 – 781 440 = 1 692 800 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (1 692 800 – 390 720) х 7,5% = 97 656 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 71 496 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 26 160 soʻmga (97 656 – 71 496) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 13 020,8 soʻmni ((1 692 800 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 9 532,8 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 3 488 soʻmni (13 020,8 – 9 532,8) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 22 672 soʻm (26 160 – 3 488) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 75 000 soʻmni (1 000 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 898 840 soʻm (1 000 000 – 26 160 – 75 000) oladi.

 

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR


 

 

9-VAZIYaT.   Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

I. Kodeksning 180-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Uning yil boshidan daromadi 1 800 000 soʻmni (600 000 х 3) tashkil qiladi. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning ­186-moddasi sakkizinchi qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi toʻqqizinchi qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi lozim.

Uning yanvar–mart oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (1 800 000 – 390 720) х 7,5% = 105 696 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 70 464 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (105 696 – 70 464) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 14 092,8 soʻmga ((1 800 000 – 390 720) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 9 395,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (14 092,8 – 9 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 30 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 519 768 soʻm (600 000 – 35 232 – 45 000) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 600 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yil boshidan unga 1 800 000 soʻm (600 000 х 3) hisoblab yozildi. U buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 3 907 200 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–fevral oylari uchun JShDS summasi 414 000 soʻmga (1 800 000 х 23%) teng.

Yanvar-fevral oylarida 276 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyida uning summasi 138 000 soʻmni (414 000 – 276 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–mart oylarida ularning summasi 18 000 soʻmni (1 800 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 12 000 soʻm oʻtkazilgan. Mart oyi uchun 6 000 soʻm (18 000 – 12 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 132 000 soʻm (138 000 – 6 000) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun sugʻurta badallari 45 000 soʻmni (600 000 х 7%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 423 000 soʻm (600 000 – 132 000 – 45 000) ish haqi oladi.

 

 

10-VAZIYaT.  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 600 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 1 800 000 soʻmni (600 000 х 3) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak ­(PQ-2455-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 150 000 soʻmni (3 000 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

800 000 х 7,5% = 60 000 soʻm.

Mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(1 800 000 – 390 480) х 7,5% = 105 696 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 70 464 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 35 232 soʻmga (105 696 – 70 464) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 14 092,8 soʻmga ((1 800 000 – 390 720) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 9 395,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 4 697,6 soʻmni (14 092,8 – 9 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 90 534,4 soʻm (35 232 – 4 697,6 + 60 000) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 45 000 soʻmni (600 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 259 768 soʻm (600 000 + 800 000 – 35 232 – 60 000 – 45 000) ish haqi toʻlanadi.

 

 

11-VAZIYaT.  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


 

Xodimning yanvar-mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-mart oylari uchun soliq solinadigan daromad 2 700 000 soʻmni (900 000 х 3) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (29.08.2001 yildagi «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi 258-II-son Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

117 216 + (2 700 000 – 1 953 600) х 17% = 244 104 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 162 736 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyi uchun soliq summasi 81 368 soʻmga (244 104 – 162 736) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 23 092,8 soʻmni (2 700 000 – 390 720) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 15 395,2 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 7 697,6 soʻmni (23 092,8 – 15 395,2) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 73 670,4 soʻm (81 368 – 7 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 67 500 soʻmga (900 000 х 7,5%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(900 000 – 81 368 – 67 500) х 25% = 187 783 soʻm.

Xodim qoʻliga 563 349 soʻm (900 000 – 81 368 – 67 500 – 187 783) ish haqi oladi.

 

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

_________________________________

*Yanvar oyi uchun jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 26.01.2016 yildagi 4 (1120)-sonida, fevral oyi uchun 23.02.2016 yildagi 8 (1124)-sonida chop etilgan