Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2016 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2016 yil oktyabr oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

01.11.2016

.

    2016 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 

 

    Yanvar–sentyabr oylarida eng kam ish haqi (EKIH) jami miqdori 1 302 400 soʻmni (130 240 х 9) tashkil etadi (26.08.2015 yildagi PF-4751-son Farmonning 2-bandi). Oktyabr oyi uchun EKIH 149 775 soʻmga teng (22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmonning 2-bandi).

 

 

  Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2016 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 130 240 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi, bundan keyin – Kodeks). Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan jami EKIH miqdori 1 302 400 soʻmni (130 240 х 10) tashkil qiladi.

 

 

   2016 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan soliq solinadigan ish haqining (daromad)ning nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holdagi summasining 1%ini tashkil etadi (PQ-2455-son Qarorga 9-ilova).

 

 

  ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

 

   2016 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 7,5%i miqdorida belgilangan (PQ-2455-son Qarorning 3-bandi).

 

 


 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

1 302 400 soʻmgacha

 

0%

 

1 302 401 soʻmdan 6 512 000 soʻmgacha (5 х 1 302 400)

 

1 302 400 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

6 512 001 soʻmdan 13 024 000 soʻmgacha (10 х 1 302 400)

 

390 720 soʻm + 6 512 000 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

13 024 001 soʻm va undan yuqori

 

1 497 760 soʻm + 13 024 000 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


 

1-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–oktyabr oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi. Yil boshidan daromad 1 300 000 soʻmni (130 000 х 10) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 1 302 400 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (1 300 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan oktyabr oyi uchun sugʻurta badallari 9 750 soʻmga (130 000 х 7,5%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 120 250 soʻm (130 000 – 9 750) toʻlanadi.

 

 

2-VAZIYaT. Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 550 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 630 000 soʻm ish haqi toʻlangan, yil boshidan daromad 5 580 000 soʻmni (550 000 х 9 + 630 000) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(5 580 000 – 1 302 400) х 7,5% = 320 820 soʻmga teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 283 338 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 37 482 soʻmga (320 820 – 283 338) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 42 776 soʻmni ((5 580 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 37 778,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 4 997,6 soʻmni (42 776 – 37 778,4) tashkil qiladi.

Byudjetga oktyabr oyi uchun 32 484,4 soʻm (37 482 – 4 997,6) soliq oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 47 250 soʻmni (630 000 х 7,5%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 545 268 soʻm (630 000 – 37 482 – 47 250) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 800 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 920 000 soʻm toʻlangan. Yil boshidan daromad 8 120 000 soʻmni (800 000 х 9 + 920 000) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

390 720 + (8 120 000 – 6 512 000) х 17% = 664 080 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 579 312 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 84 768 soʻmga (664 080 – 579 312) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 68 176 soʻmni ((8 120 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 60 278,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 7 897,6 soʻmni (68 176 – 60 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 76 870,4 soʻm (84 768 – 7 897,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 69 000 soʻmni (920 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 766 232 soʻm (920 000 – 84 768 – 69 000) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT. Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 1 610 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 14 210 000 soʻmni (1 400 000 х 9 + 1 610 000) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–oktyabr oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 497 760 + (14 210 000 – 13 024 000) х 23% = 1 770 540 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 550 016 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 220 524 soʻmga (1 770 540 – 1 550 016) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 129 076 soʻmga ((14 210 000 – 1 302 400) х 1%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 114 278,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 14 797,6 soʻmni (129 076 – 114 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 205 726,4 soʻm (220 524 – 14 797,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 120 750 soʻmni (1 610 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 1 268 726 soʻm (1 610 000 – 220 524 – 120 750) ish haqi oladi.

 

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA


 

5-VAZIYaT. Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 400 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 1 610 000 soʻm haq toʻlangan, yil boshidan daromad 14 210 000 soʻmni (1 400 000 х 9 + 1 610 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromad 14 210 000 – (1 302 400 х 4) = 9 000 400 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

390 720 + (9 000 400 – 6 512 000) х 17% = 813 748 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 700 243,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 113 504,8 soʻmga (813 748 – 700 243,2) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 76 980 soʻmni ((9 000 400 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 67 392 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 9 588 soʻmni (76 980 – 67 392) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 916,8 soʻm (113 504,8 – 9 588) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 120 750 soʻmni (1 610 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 1 375 745,2 soʻm (1 610 000 – 113 504,8 – 120 750) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT. Moddiy yordam olish chogʻida imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 950 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 1 100 000 soʻm haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 1 800 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 11 450 000 soʻmni (950 000 х 9 + 1 800 000 + 1 100 000) tashkil qiladi.

q Kodeksning 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Kodeksning 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 9 887 120 soʻmga (11 450 000 – 1 562 880) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

390 720 + (9 887 120 – 6 512 000) х 17% = 964 490,4 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 849 122,4 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 115 368 soʻmga (964 490,4 – 849 122,4) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 85 847,2 soʻmni ((9 887 120 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 76 149,6 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 9 697,6 soʻmni (85 847,2 – 76 149,6) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 105 670,4 soʻm (115 368 – 9 697,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 82 500 soʻmni (1 100 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 902 132 soʻm (1 100 000 – 115 368 – 82 500) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT. Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 1 000 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 1 150 000 soʻm haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 300 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 11 450 000 soʻmni (1 000 000 х 9 + 1 300 000 + 1 150 000) tashkil qiladi.

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (130 240 х 6 = 781 440 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 10 668 560 soʻmga (11 450 000 – 781 440) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

390 720 + (10 668 560 – 6 512 000) х 17% = 1 097 335,2 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 973 467,2 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 123 868 soʻmga (1 097 335,2 – 973 467,2) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 93 661,6 soʻmga ((10 668 560 – 1 302 400) х 1%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 83 464 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 10 197,6 soʻmni (93 661,6 – 83 464) tashkil qiladi.

Byudjetga 113 670,4 soʻm (123 868 – 10 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 86 250 soʻmni (1 150 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 939 882 soʻm (1 150 000 – 123 868 – 86 250) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT. Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 1 000 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 1 150 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 1 700 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 900 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 12 750 000 soʻmni (1 000 000 х 9 + 1 700 000 + 900 000 + 1 150 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

Kodeksning 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (1 302 400 х 4 = 5 209 600 soʻm) chiqarib tashlanadi;

Kodeksning 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (130 240 х 12 = 1 562 880 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

Kodeksning 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (130 240 х 6 = 781 440 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

(1 000 000 х 9) + 1 150 000 – 5 209 600 + 1 700 000 – 1 562 880 + 900 000 – 781 440 = 5 196 080 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi: JShDS (5 196 080 – 1 302 400) х 7,5% = 292 026 soʻmga teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 254 616 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 37 410 soʻmga (292 026 – 254 616) teng.

10 oy uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 38 936,8 soʻmni ((5 196 080 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 33 948,8 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 4 988 soʻmni (38 936,8 – 33 948,8) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 32 422 soʻm (37 410 – 4 988) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari oktyabr oyi uchun 86 250 soʻmni (1 150 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim qoʻliga 1 026 340 soʻm (1 150 000 – 37 410 – 86 250) ish haqi oladi.

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Kodeksning 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–sentyabr oylarida oyiga 600 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 690 000 soʻm ish haqi toʻlangan. Uning yil boshidan daromadi 6 090 000 soʻmni (600 000 х 9 + 690 000) tashkil qiladi.

Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Kodeksning 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Kodeksning 186-moddasi 8-qismi).

Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Kodeksning 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–oktyabr oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

JShDS (6 090 000 – 1 302 400) х 7,5% = 359 070 soʻmga teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 317 088 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 41 982 soʻmga (359 070 – 317 088) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 47 876 soʻmga ((6 090 000 – 1 302 400) х 1%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 42 278,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 5 597,6 soʻmni (47 876 – 42 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 36 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari summasi 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 596 268 soʻm (690 000 – 41 982 – 51 750) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 13 024 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. Yanvar–oktyabr oylari uchun JShDS summasi 1 400 700 soʻmga (6 090 000 х 23%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida 1 242 000 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyida uning summasi 158 700 soʻmni (1 400 700 – 1 242 000) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–oktyabr oylarida ularning summasi 60 900 soʻmni (6 090 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 54 000 soʻm oʻtkazilgan. Oktyabr oyi uchun 6 900 soʻm (60 900 – 54 000) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun sugʻurta badallari 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 479 550 soʻm (690 000 – 158 700 – 51 750) ish haqi oladi.

 

 

10-VAZIYaT. Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–sentyabr oylaridagi mehnatiga oyiga 600 000 soʻmdan, oktyabr oyida esa 690 000 soʻm haq toʻlangan. Yil boshidan daromad 6 090 000 soʻmni (600 000 х 9 + 690 000) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 800 000 soʻm ijara haqi oladi.

Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2455-son Qarorga 26-ilova).

Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 3 000 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 2 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 000 soʻm belgilangan.

Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Kodeksning 181-moddasi).

ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 150 000 soʻmni (3 000 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

800 000 х 7,5% = 60 000 soʻm.

Yanvar-oktyabr oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(6 090 000 – 1 302 400) х 7,5% = 359 070 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 317 088 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyidagi soliq summasi 41 982 soʻmga (359 070 – 317 088) teng.

Yanvar-oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar 47 876 soʻmga ((6 090 000 – 1 302 400) х 1%) teng.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 42 278,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyida ajratmalar 5 597,6 soʻmni (47 876 – 42 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 96 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6 + 60 000) oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 51 750 soʻmni (690 000 х 7,5%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 336 268 soʻm ish haqi (690 000 + 800 000 – 41 982 – 60 000 – 51 750) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT. Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 900 000 soʻmni, oktyabr oyida esa 1 030 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 130 000 soʻmni (900 000 х 9 + 1 030 000) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi (“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

390 720 + (9 130 000 – 6 512 000) х 17% = 835 780 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 732 213 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 103 567 soʻmga (835 780 – 732 213) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 78 276 soʻmni (9 130 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 69 278,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 8 997,6 soʻmni (78 276 – 69 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 94 569,4 soʻm (103 567 – 8 997,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari oktyabr oyi uchun 77 250 soʻmga (1 030 000 х 7,5%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 030 000 – 103 567 – 77 250) х 25% = 212 295,75 soʻm.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan soʻng хodim qoʻliga 636 887,25 soʻm (1 030 000 – 103 567 – 77 250 – 212 295,75) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT. Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

May oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. May-sentyabr oylarida uning ish haqi oyiga 600 000 soʻmni, oktyabr oyida esa 690 000 soʻmni tashkil qilgan. Uning yil boshidan jami daromadi 3 690 000 soʻmni (600 000 х 5 + 690 000) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(3 690 000 – 1 302 400) х 7,5% = 179 070 soʻm.

May-sentyabr oylarida 137 088 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyida JShDS summasi 41 982 soʻmga (179 070 – 137 088) teng.

ShJBPHga majburiy badallari 23 876 soʻmni ((3 690 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

May-sentyabr oylarida ShJBPHga 18 278,4 soʻm badal hisoblab oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 5 597,6 soʻmni (23 876 – 18 278,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 36 384,4 soʻm (41 982 – 5 597,6) soliq oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 51 750 soʻmga (690 000 х 7,5%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 596 268 soʻm (690 000 – 41 982 – 51 750) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-sentyabr oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 800 000 soʻmni, oktyabr oyida esa 920 000 soʻmni tashkil qildi. Yanvar-oktyabr oylari uchun daromad 8 120 000 soʻmni (800 000 х 9 + 920 000) tashkil etdi. May oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan 250 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

Kodeksning 179-moddasi 31-bandiga muvofiq ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz: 8 120 000 – (250 000 х 6) = 6 620 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–oktyabr oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

390 720 + (6 620 000 – 6 512 000) х 17% = 409 080 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 366 812 soʻm JShDS ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun soliq summasi 42 268 soʻmga (409 080 – 366 812) teng.

Yanvar–oktyabr oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 53 176 soʻmni (6 620 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 47 778,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 5 397,6 soʻmni (53 176 – 47 778,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 36 870,4 soʻm (42 268 – 5 397,6) JShDS oʻtkaziladi.

Oktyabr oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 69 000 soʻmga (920 000 х 7,5%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 558 732 soʻm (920 000 – 250 000 – 42 268 – 69 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT. Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-sentyabr oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 050 000 soʻmni, oktyabr oyida esa 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Avgust oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 350 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandiga muvofiq yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi.

Yanvar-oktyabr oylari uchun soliq solinadigan daromad 9 600 000 soʻmni (1 050 000 х 9 + 1 200 000) – (350 000) х 3)) tashkil qiladi. JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

390 720 + (9 600 000 – 6 512 000) х 17% = 915 680 soʻm.

Yanvar-sentyabr oylarida 842 812 soʻm soliq ushlab qolingan. Oktyabr oyi uchun JShDS summasi:

915 680 – 842 812 = 72 868 soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 82 976 soʻmni ((9 600 000 – 1 302 400) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-sentyabr oylarida ShJBPHga 75 778,4 soʻm oʻtkazilgan, oktyabr oyi uchun ajratmalar 7 197,6 soʻmni (82 976 – 75 778,4) tashkil qiladi.

Oktyabr oyi uchun byudjetga 65 670,4 soʻm (72 868 – 7 197,6) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 78 750 soʻmni (1 050 000 х 7,5%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 548 382 soʻm (1 050 000 – 350 000 – 72 868 – 78 750) ish haqi oladi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 

 

_________________________________

*Yanvar oyi uchun jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati «SBX»ning 26.01.2016 yildagi 4 (1120)-sonida, fevral oyi uchun 23.02.2016 yildagi 8 (1124)-sonida, mart oyi uchun 22.03.2016 yildagi 12 (1128)-sonida, aprel oyi uchun 26.04.2016 yildagi 17 (1133)-sonida, may oyi uchun 24.05.2016 yildagi 21 (1137)-sonida, iyun oyi uchun 28.06.2016 yildagi 26 (1142)-sonida, iyul oyi uchun 26.07.2016 yildagi 30 (1146)-sonida, avgust oyi uchun 23.08.2016 yildagi 34 (1150)-sonida, sentyabr oyi uchun 27.09.2016 yildagi 39 (1155)-sonida) chop etilgan.