Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil aprel oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

26.04.2017

.

●   2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qaroriga 9-ilova).

 

●●    Yanvar-aprel oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 599 100 soʻmni (149 775 х 4) tashkil etadi (Prezidentning 22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmoni).

 

●●●    Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

●●●●    2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son Qarorga 9-ilova).

 

●●●●●    ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

●●●●●●    2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son Qarorning 3-bandi).

 

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

599 100 soʻmgacha

 

0%

 

599 101 soʻmdan 2 995 500 soʻmgacha (5 х 599 100)

599 100 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

2 995 501 soʻmdan 5 991 000 soʻmgacha (10 х 599 100)

179 730 soʻm + 2 995 500 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

5 991 001 soʻm va undan yuqori

 

688 965 soʻm + 5 991 000 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–aprel oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 520 000 soʻmni (130 000 х 4) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 599 100 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (520 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 10 400 soʻmga (130 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 119 600 soʻm (130 000 – 10 400) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 630 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 2 520 000 soʻmni (630 000 х 4) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(2 520 000 – 599 100) х 7,5% = 144 067,5 soʻmga teng.

Yanvar-mart oylarida 108 050,63 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 36 016,87 soʻmga (144 067,5 – 108 050,63) teng.

Yanvar–aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 19 209 soʻmni ((2 520 000 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 14 406,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 4 802,25 soʻmni (19 209 – 14 406,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 31 214,62 soʻm (36 016,87 – 4 802,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 50 400 soʻmni (630 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 543 583,13 soʻm (630 000 – 36 016,87 – 50 400) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 3 680 000 soʻmni (920 000 х 4) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

179 730 + (3 680 000 – 2 995 500) х 17% = 296 095 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 222 071,25 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 74 023,75 soʻmga (296 095 – 222 071,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 30 809 soʻmni ((3 680 000 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 23 106,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 7 702,25 soʻmni (30 809 – 23 106,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 66 321,5 soʻm (74 023,75 – 7 702,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 73 600 soʻmni (920 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 772 376,25 soʻm (920 000 – 74 023,75 – 73 600) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 6 440 000 soʻmni (1 610 000 х 4) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–aprel oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

688 965 + (6 440 000 – 5 991 000) х 23% = 792 235 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 594 176,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 198 058,75 soʻmga (792 235 – 594 176,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 58 409 soʻmga ((6 440 000 – 599 100) х 1%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 43 806,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 14 602,25 soʻmni (58 409 – 43 806,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 183 456,5 soʻm (198 058,75 – 14 602,25) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 283 141,25 soʻm (1 610 000 – 198 058,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 6 440 000 soʻmni (1 610 000 х 4) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

6 440 000 – 599 100 х 4 = 4 043 600 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

179 730 + (4 043 600 – 2 995 500) х 17% = 357 907 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 268 430,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 89 476,75 soʻmga (357 907 – 268 430,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 34 445 soʻmni ((4 043 600 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 25 833,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 8 611,25 soʻmni (34 445 – 25 833,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 865,5 soʻm (89 476,75 – 8 611,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 391 723,25 soʻm (1 610 000 – 89 476,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 6 400 000 soʻmni (1 100 000 х 4 + 2 000 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 4 602 700 soʻmga (6 400 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

179 730 + (4 602 700 – 2 995 500) х 17% = 452 954 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 348 330,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 104 623,75 soʻmga (452 954 – 348 330,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 40 036 soʻmni ((4 602 700 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 30 533,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 9 502,25 soʻmni (40 036 – 30 533,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmni (1 100 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 907 376,25 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 6 000 000 soʻmni (1 150 000 х 4 + 1 400 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 5 101 350 soʻmga (6 000 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

179 730 + (5 101 350 – 2 995 500) х 17% = 537 724,5 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 424 600,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 113 123,75 soʻmga (537 724,5 – 424 600,75) teng.

Yanvar–aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 45 022,5 soʻmga ((5 101 350 – 599 100) х 1%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 35 020,25 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 10 002,25 soʻmni (45 022,5 – 35 020,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 121,5 soʻm (113 123,75 – 10 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 944 876,25 soʻm (1 150 000 – 113 123,75 – 92 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 7 600 000 soʻmni (1 150 000 х 4 + 2 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (599 100 х 4 = 2 396 400 soʻm) chiqarib tashlanadi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

4 600 000 – 2 396 400 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 2 507 650 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(2 507 650 – 599 100) х 7,5% = 143 141,25 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 113 056,88 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 30 084,37 soʻmga (143 141,25 – 113 056,88) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 19 085,5 soʻmni ((2 507 650 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 15 074,25 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 4 011,25 soʻmni (19 085,5 – 15 074,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 26 073,12 soʻm (30 084,37 – 4 011,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 027 915,63 soʻm (1 150 000 – 30 084,63 – 92 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT. Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–aprel oylarida oyiga 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 2 760 000 soʻmni (690 000 х 4) tashkil qiladi.

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–aprel oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(2 760 000 – 599 100) х 7,5% = 162 067,5 soʻmga teng.

Yanvar-mart oylarida 121 550,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (162 067,5 – 121 550,63) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 21 609 soʻmga ((2 760 000 – 599 100) х 1%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 16 206,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (21 609 – 16 206,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 35 114,62 soʻm (40 516,87 – 5 402,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 594 283,13 soʻm (690 000 – 40 516,87 – 55 200) ish haqi oladi.

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 5 991 000 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–aprel oylari uchun JShDS summasi 634 800 soʻmga (2 760 000 х 23%) teng.

Yanvar-mart oylarida 476 100 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyida uning summasi 158 700 soʻmni (634 800 – 476 100) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–aprel oylarida ularning summasi 27 600 soʻmni (2 760 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 20 700 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun 6 900 soʻm (27 600 – 20 700) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Aprel oyi uchun sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 476 100 soʻm (690 000 – 158 700 – 55 200) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–aprel oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 2 760 000 soʻmni (690 000 х 4) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son Qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-aprel oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(2 760 000 – 599 100) х 7,5% = 162 067,5 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 121 550,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (162 067,5 – 121 550,63) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 21 609 soʻmga ((2 760 000 – 599 100) х 1%) teng.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 16 206,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (21 609 – 16 206,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 35 114,62 soʻm soliq (40 516,87 – 5 402,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 426 783,13 soʻm ish haqi (690 000 + 900 000 – 40 516,87 – 67 500 – 55 200) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-aprel oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni tashkil qildi, yil boshidan daromad 4 400 000 soʻmni (1 100 000 х 4) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

● Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

179 730 + (4 400 000 – 2 995 500) х 17% = 418 495 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 313 871,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyi uchun soliq summasi 104 623,75 soʻmga (418 495 – 313 871,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 38 009 soʻmni ((4 400 000 –599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 28 506,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 9 502,25 soʻmni (38 009 – 28 506,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmga (1 100 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) х 25% = 226 844,06 soʻm.

Xodim qoʻliga 680 532,19 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000 – 226 844,06) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Fevral oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 800 000 soʻm maosh belgilandi. Fevral-aprel oylari uchun daromad 2 400 000 soʻmni (800 000 х 3) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(2 400 000 – 599 100) х 7,5% = 135 067,5 soʻm.

Fevral-mart oylarida 86 300,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyi uchun soliq summasi 48 766,87 soʻmni (135 067,5 – 86 300,63) tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar 18 009 soʻmni ((2 400 000 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Fevral-mart oylarida ShJBPHga 11 506,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (18 009 – 11 506,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 42 264,62 soʻm (48 766,87 – 6 502,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmga (800 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 687 233,13 soʻm (800 000 – 48 766,87 – 64 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT. ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Xodimning yanvar-aprel oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 4 800 000 soʻmni (1 200 000 х 4) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

4 800 000 – (400 000 х 3) = 3 600 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–aprel oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

179 730 + (3 600 000 – 2 995 500) х 17% = 282 495 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 228 871,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Aprel oyi uchun soliq summasi 53 623,75 soʻmga (282 495 – 228 871,25) teng.

Yanvar–aprel oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 30 009 soʻmni ((3 600 000 – 599 100) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 23 506,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (30 009 – 23 506,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-aprel oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 4 800 000 soʻmni (1 200 000 х 4) tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

● Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

Yanvar-aprel oylari uchun soliq solinadigan daromad 3 600 000 soʻmni (4 800 000 – (400 000 х 3)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

179 730 + (3 600 000 – 2 995 500) х 17% = 282 495 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 228 871,25 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (282 495 – 228 871,25) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-aprel oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 30 009 soʻmni ((3 600 000 – 599 100) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 23 506,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (30 009 – 23 506,75) tashkil qiladi.

Aprel oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmni (1 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi oladi.

 

15-VAZIYaT Oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-aprel oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 300 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 5 200 000 soʻmni (1 300 000 х 4) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan fevral oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2016–2017 oʻquv yili uchun 3 000 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa fevral oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

● Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 500 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Fevral-aprel oylari uchun ushlanmalar 1 500 000 soʻmni (500 000 х 3) tashkil qildi. Yanvar-aprel oylari uchun soliq solinadigan daromad 3 700 000 soʻmni (5 200 000 – 1 500 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

179 730 + (3 700 000 – 2 995 500) х 17% = 299 495 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 245 871,25 soʻm soliq ushlab qolingan. Aprel oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (299 495 – 245 871,25) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 31 009 soʻmni ((3 700 000 – 599 100) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga 24 506,75 soʻm oʻtkazilgan, aprel oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (31 009 – 24 506,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 642 376,25 soʻm (1 300 000 – 53 623,75 – 104 000 – 500 000) ish haqi toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 


*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida, fevral oyi uchun 28.02.2017 yildagi 9 (1177)-sonida, mart oyi uchun 28.03.2017 yildagi 13 (1181)-sonida chop etilgan.