Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil fevral oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

27.02.2017

.

     2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi ­PQ-2699-son Qaroriga 9-ilova).

 

     Yanvar-fevral oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 299 550 soʻmni (149 775 х 2) tashkil etadi (Prezidentning 22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmoni).

 

●●     Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksining ­186-moddasi 1-qismi).

 

●●●     2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son Qarorga 9-ilova).

 

●●●●     ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

●●●●●     2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son Qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

299 550 soʻmgacha

 

0%

 

299 551 soʻmdan 1 497 750 soʻmgacha (5 х 299 550)

299 550 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

1 497 751 soʻmdan 2 995 500 soʻmgacha (10 х 299 550)

89 865 soʻm + 1 497 750 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

2 995 501 soʻm va undan yuqori

 

344 482,5 soʻm + 2 995 500 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB

 

1-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–fevral oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 260 000 soʻmni (130 000 х 2) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 299 550 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (260 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 10 400 soʻmga (130 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 119 600 soʻm (130 000 – 10 400) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 630 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 1 260 000 soʻmni (630 000 х 2) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(1 260 000 – 299 550) х 7,5% = 72 033,75 soʻmga teng.

Yanvar oyida 36 016,88 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 36 016,87 soʻmga (72 033,75 – 36 016,88) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 9 604,5 soʻmni ((1 260 000 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 4 802,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 4 802,25 soʻmni (9 604,5 – 4 802,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 31 214,62 soʻm (36 016,87 – 4 802,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 50 400 soʻmni (630 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 543 583,13 soʻm (630 000 – 36 016,87 – 50 400) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 1 840 000 soʻmni (920 000 х 2) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

89 865 + (1 840 000 – 1 497 750) х 17% = 148 047,5 soʻm.

Yanvar oyida 74 023,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 74 023,75 soʻmga (148 047,5 – 74 023,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 15 404,5 soʻmni ((1 840 000 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 7 702,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 7 702,25 soʻmni (15 404,5 – 7 702,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 66 321,5 soʻm (74 023,75 – 7 702,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 73 600 soʻmni (920 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 772 376,25 soʻm (920 000 – 74 023,75 – 73 600) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 3 220 000 soʻmni (1 610 000 х 2) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–fevral oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

344 482,5 + (3 220 000 – 2 995 500) х 23% = 396 117,5 soʻm.

Yanvar oyida 198 058,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 198 058,75 soʻmga (396 117,5 – 198 058,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 29 204,5 soʻmga ((3 220 000 – 229 550) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 14 602,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 14 602,25 soʻmni (29 204,5 – 14 602,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 183 456,5 soʻm (198 058,75 – 14 602,25) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 283 141,25 soʻm (1 610 000 – 198 058,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 3 220 000 soʻmni (1 610 000 х 2) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

3 220 000 – 299 550 х 4 = 2 021 800 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

89 865 + (2 021 800 – 1 497 750) х 17% = 178 953,5 soʻm.

Yanvar oyida 89 476,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 89 476,75 soʻmga (178 953,5 – 89 476,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 17 222,5 soʻmni ((2 021 800 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 8 611,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 8 611,25 soʻmni (17 222,5 – 8 611,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 865,5 soʻm (89 476,75 – 8 611,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 391 723,25 soʻm (1 610 000 – 89 476,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 4 200 000 soʻmni (1 100 000 х 2 + 2 000 000) tashkil qiladi.

Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 2 402 700 soʻmga (4 200 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

89 865 + (2 402 700 – 1 497 750) х 17% = 243 706,5 soʻm.

Yanvar oyida 139 082,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 104 623,75 soʻmga (243 706,5 – 139 082,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 21 031,5 soʻmni ((2 402 700 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 11 529,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 9 502,25 soʻmni (21 031,5 – 11 529,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmni (1 100 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 907 376,25 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 3 700 000 soʻmni (1 150 000 х 2 + 1 400 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 2 801 350 soʻmga (3 700 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

89 865 + (2 801 350 – 1 497 750) х 17% = 311 477 soʻm.

Yanvar oyida 207 569,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 103 907,75 soʻmga (311 477 – 207 569,25) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 25 018 soʻmga ((2 801 350 – 299 550) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 15 015,75 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 10 002,25 soʻmni (25 018 – 15 015,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 93 905,5 soʻm (103 907,75 – 10 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 954 092,25 soʻm (1 150 000 – 103 907,75 – 92 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 5 300 000 soʻmni (1 150 000 х 2 + 2 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (299 550 х 4 = 1 198 200 soʻm) chiqarib tashlanadi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

2 300 000 – 1 198 200 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 1 405 850 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

JShDS (1 405 850 – 299 550) х 7,5% = 82 972,25 soʻmga teng.

Yanvar oyida 62 965,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 20 007 soʻmga (82 972,25 – 62 965,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 11 063 soʻmni ((1 405 850 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 7 051,75 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 4 011,25 soʻmni (11 063 – 7 051,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 15 995,75 soʻm (20 007 – 4 011,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 037 993 soʻm (1 150 000 – 20 007 – 92 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–fevral oylarida oyiga 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 1 380 000 soʻmni (690 000 х 2) tashkil qiladi.

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–fevral oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

JShDS (1 380 000 – 299 550) х 7,5% = 81 033,75 soʻmga teng.

Yanvar oyida 40 516,88 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (81 033,75 – 40 516,88) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 10 804,5 soʻmga ((1 380 000 – 299 550) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 5 402,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (10 804,5 – 5 402,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 35 114,62 soʻm (40 516,87 – 5 402,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 594 283,13 soʻm (690 000 – 40 516,87 – 55 200) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 2 995 500 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–fevral oylari uchun JShDS summasi 317 400 soʻmga (1 380 000 х 23%) teng.

Yanvar oyida 158 700 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyida uning summasi 158 700 soʻmni (317 400 – 158 700) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–fevral oylarida ularning summasi 13 800 soʻmni (1 380 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar oyida ShJBPHga 6 900 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun 6 900 soʻm (13 800 – 6 900) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Fevral oyi uchun sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 476 100 soʻm (690 000 – 158 700 – 55 200) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–fevral oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 1 380 000 soʻmni (690 000 х 2) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son Qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-fevral oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(1 380 000 – 299 550) х 7,5% = 81 033,75 soʻm.

Yanvar oyida 40 516,88 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (81 033,75 – 40 516,88) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 10 804,5 soʻmga ((1 380 000 – 299 550) х 1%) teng.

Yanvar oyida ShJBPHga 5 402,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (10 804,5 – 5 402,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 35 114,62 soʻm soliq (40 516,87 – 5 402,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 426 783,13 soʻm ish haqi (690 000 + 900 000 – 40 516,87 – 67 500 – 55 200) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni tashkil qildi, yil boshidan daromad 2 200 000 soʻmni (1 100 000 х 2) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

89 865 + (2 200 000 – 1 497 750) х 17% = 209 247,5 soʻm.

Yanvar oyida 104 623,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyi uchun soliq summasi 104 623,75 soʻmga (209 247,5 – 104 623,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 19 004,5 soʻmni ((2 200 000 –299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 9 502,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun ajratmalar 9 502,25 soʻmni (19 004,5 – 9 502,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmga (1 100 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) х 25% = 226 844,06 soʻm.

Xodim qoʻliga 680 532,19 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000 – 226 844,06) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Fevral oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 800 000 soʻm maosh belgilandi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(800 000 – 299 550) х 7,5% = 37 533,75 soʻm.

ShJBPHga majburiy badallar 5 004,5 soʻmni ((800 000 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Fevral oyi uchun byudjetga 32 529,25 soʻm (37 533,75 – 5 004,5) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmga (800 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 698 466,25 soʻm (800 000 – 37 533,75 – 64 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 2 400 000 soʻmni (1 200 000 х 2) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

2 400 000 – 400 000 = 2 000 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–fevral oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

89 865 + (2 000 000 – 1 497 750) х 17% = 175 247,5 soʻm.

Yanvar oyida 121 623,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Fevral oyi uchun soliq summasi 53 623,75 soʻmga (175 247,5 – 121 623,75) teng.

Yanvar–fevral oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 17 004,5 soʻmni ((2 000 000 – 299 550) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar oyida ShJBPHga 10 502,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (17 004,5 – 10 502,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-fevral oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 2 400 000 soʻmni tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

● Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

Yanvar-fevral oylari uchun soliq solinadigan daromad 2 000 000 soʻmni (2 400 000 – 400 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

89 865 + (2 000 000 – 1 497 750) х 17% = 175 247,5 soʻm.

Yanvar oyida 121 623,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 soʻmni (175 247,5 – 121 623,75) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 17 004,5 soʻmni ((2 000 000 – 299 550) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar oyida ShJBPHga 10 502,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (17 004,5 – 10 502,25) tashkil qiladi.

Fevral oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmni (1 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi oladi.

 

15-VAZIYaT  Oliy oʻquv yurtida oʻqish uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-fevral oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 300 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 2 600 000 soʻmni (1 300 000 х 2) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan fevral oyida korхona oʻz хodimi oʻgʻlining oʻqishiga 2016–2017 oʻquv yili uchun 3 000 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa fevral oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlanadi.

● Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 500 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi.

Yanvar-fevral oylari uchun soliq solinadigan daromad 2 100 000 soʻmni (2 600 000 – 500 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

89 865 + (2 100 000 – 1 497 750) х 17% = 192 247,5 soʻm.

Yanvar oyida 138 623,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Fevral oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 soʻmni (192 247,5 – 138 623,75) tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 18 004,5 soʻmni ((2 100 000 – 299 550) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar oyida ShJBPHga 11 502,25 soʻm oʻtkazilgan, fevral oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (18 004,5 – 11 502,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliqlar, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 642 376,25 soʻm (1 300 000 – 53 623,75 – 104 000 – 500 000) toʻlanadi.

 

16-VAZIYaT Daromadlar hisoblab yoziladigan davrda ishdan boʻshagan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

2017 yilning fevral oyida korхona rahbarining qaroriga binoan 2016 yilda ishlagan shtatdagi хodimlarga 2016 yildagi faoliyat yakunlari boʻyicha bonuslar toʻlandi.

Har bir хodimga 5 200 000 soʻmdan mukofot puli berildi.

1 yanvardan ishdan boʻshagan va u bilan toʻliq hisob-kitob qilingan хodim buхgalteriyaga uning daromadlaridan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan. Unga 2016 yilda toʻlangan daromadlardan Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq EKIHning 4 baravari miqdorini chegirish tarzidagi imtiyozni qoʻllagan holda soliq ushlab qolingan. Imtiyozga ega хodimning ishdan boʻshagandan keyin unga toʻlangan daromadlariga mazkur imtiyoz qoʻllanilmaydi.

● Mehnat shartnomasi bekor qilingandan soʻng хodimga ilgarigi asosiy ish joyida toʻlovlar amalga oshirilgan taqdirda, mazkur toʻlovlarga JShDS Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilmagan holda solinadi (Soliq kodeksining 186-moddasi 7-qismi).

● Yuridik shaхs bu хodimga toʻlagan daromadning jami summasi va undan JShDSning ushlab qolingan umumiy summasi haqida bu yuridik shaхs hisobga qoʻyilgan joydagi soliq organiga 30 kun ichida yozma shaklda ma’lum qilishi shart.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va fevral oyi uchun JShDSni hisoblaymiz:

344 482,5 + (5 200 000 – 2 995 500) х 23% = 851 517,5 soʻm.

Fevral oyi uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 49 004,5 soʻmni ((5 200 000 – 299 550) х 1%) tashkil qiladi.

Byudjetga fevral oyi uchun 802 513 soʻm (851 517,5 – 49 004,5) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 416 000 soʻmni (5 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Ishdan boʻshagan хodimga 3 932 482,5 soʻm (5 200 000 – 851 517,5 – 416 000) toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.


_______________________________________________________________________________

*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida chop etilgan.