Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil iyun oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

17.07.2017

●       2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qaroriga 9-ilova).

 

●●     Yanvar-iyun oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 898 650 soʻmni (149 775 х 6) tashkil etadi (Prezidentning 22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmoni).

 

●●●     Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

●●●●     2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son Qarorga 9-ilova).

 

●●●●●     ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

●●●●●●     2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son Qarorning 3-bandi).

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

898 650 soʻmgacha

 

0%

 

898 651 soʻmdan 4 493 250 soʻmgacha

(5 х 898 650)

898 650 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

4 493 251 soʻmdan 8 986 500 soʻmgacha

(10 х 898 650)

269 595 soʻm + 4 493 250 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

8 986 501 soʻm va undan yuqori

 

1 033 447,5 soʻm + 8 986 500 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–iyun oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 780 000 soʻmni (130 000 х 6) tashkil qiladi.

Jismoniy shaхsning 898 650 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (780 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 10 400 soʻmga (130 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 119 600 soʻm (130 000 – 10 400) toʻlanadi.

 

2-VAZIYaT Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 630 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 3 780 000 soʻmni (630 000 х 6) tashkil qiladi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(3 780 000 – 898 650) х 7,5% = 216 101,25 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 180 084,38 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 36 016,87 soʻmga (216 101,25 – 180 084,38) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 28 813,5 soʻmni ((3 780 000 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 24 011.25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 4 802,25 soʻmni (28 813,5 – 24 011.25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 31 214,62 soʻm (36 016,87 – 4 802,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 50 400 soʻmni (630 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 543 583,13 soʻm (630 000 – 36 016,87 – 50 400) toʻlanadi.

 

3-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 5 520 000 soʻmni (920 000 х 6) tashkil qiladi.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

269 595 + (5 520 000 – 4 493 250) х 17% = 444 142,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 370 118,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 74 023,75 soʻmga (444 142,5 – 370 118,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 46 213,5 soʻmni ((5 520 000 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 38 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 7 702,25 soʻmni (46 213,5 – 38 511,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 66 321,5 soʻm (74 023,75 – 7 702,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 73 600 soʻmni (920 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 772 376,25 soʻm (920 000 – 74 023,75 – 73 600) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 9 660 000 soʻmni (1 610 000 х 6) tashkil qiladi.

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–iyun oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

1 033 447,5 + (9 660 000 – 8 986 500) х 23% = 1 188 352,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 990 293,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 198 058,75 soʻmga (1 188 352,5 – 990 293,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 87 613,5 soʻmga ((9 660 000 – 898 650) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 73 011,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 14 602,25 soʻmni (87 613,5 – 73 011,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 183 456,5 soʻm (198 058,75 – 14 602,25) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 283 141,25 soʻm (1 610 000 – 198 058,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA


 

5-VAZIYaT Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–may oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 9 660 000 soʻmni (1 610 000 х 6) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

9 660 000 – 898 650 х 4 = 6 065 400 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

269 595 + (6 065 400 – 4 493 250) х 17% = 536 860,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 447 383,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 89 476,75 soʻmga (536 860,5 – 447 383,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 51 667,5 soʻmni ((6 065 400 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 43 056,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 8 611,25 soʻmni (51 667,5 – 43 056,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 865,5 soʻm (89 476,75 – 8 611,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 391 723,25 soʻm (1 610 000 – 89 476,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 8 600 000 soʻmni (1 100 000 х 6 + 2 000 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 6 802 700 soʻmga (8 600 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

269 595 + (6 802 700 – 4 493 250) х 17% = 662 201,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 557 577,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 104 623,75 soʻmga (662 201,5 – 557 577,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 59 040,5 soʻmni ((6 802 700 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 49 538,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 9 502,25 soʻmni (59 040,5 – 49 538,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmni (1 100 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 907 376,25 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) ish haqi oladi.

 

7-VAZIYaT Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 8 300 000 soʻmni (1 150 000 х 6 + 1 400 000) tashkil qiladi.

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 7 401 350 soʻmga (8 300 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

269 595 + (7 401 350 – 4 493 250) х 17% = 763 972 soʻm.

Yanvar-may oylarida 650 848,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 113 123,75 soʻmga (763 972 – 650 848,25) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 65 027 soʻmga ((7 401 350 – 898 650) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 55 024,75 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 10 002,25 soʻmni (65 027 – 55 024,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 121,5 soʻm (113 123,75 – 10 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 944 876,25 soʻm (1 150 000 – 113 123,75 – 92 000) ish haqi oladi.

 

8-VAZIYaT Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 9 900 000 soʻmni (1 150 000 х 6 + 2 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi.

Quyidagilarga muvofiq:

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (898 650 х 4 = 3 594 600 soʻm) chiqarib tashlanadi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

6 900 000 – 3 594 600 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 3 609 450 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(3 609 450 – 898 650) х 7,5% = 203 310 soʻm.

Yanvar-may oylarida 173 225,63 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 30 084,37 soʻmga (203 310 – 173 225,63) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 27 108 soʻmni ((3 609 450 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 23 096,75 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 4 011,25 soʻmni (27 108 – 23 096,75) tashkil qiladi.

Byudjetga 26 073,12 soʻm (30 084,37 – 4 011,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 027 915,63 soʻm (1 150 000 – 30 084,37 – 92 000) oladi.

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

9-VAZIYaT Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–iyun oylarida oyiga 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 4 140 000 soʻmni (690 000 х 6) tashkil qiladi.

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–iyun oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi. JShDS:

(4 140 000 – 898 650) х 7,5% = 243 101,25 soʻmga teng.

Yanvar-may oylarida 202 584,38 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (243 101,25 – 202 584,38) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 32 413,5 soʻmga ((4 140 000 – 898 650) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 27 011,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (32 413,5 – 27 011,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 35 114,63 soʻm (40 516,87 – 5 402,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 594 283,13 soʻm (690 000 – 40 516,87 – 55 200) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 8 896 500 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–iyun oylari uchun JShDS summasi 952 200 soʻmga (4 140 000 х 23%) teng.

Yanvar-may oylarida 793 500 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyida uning summasi 158 700 soʻmni (952 200 – 793 500) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–iyun oylarida ularning summasi 41 400 soʻmni (4 140 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 34 500 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun 6 900 soʻm (41 400 – 34 500) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Iyun oyi uchun sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 476 100 soʻm (690 000 – 158 700 – 55 200) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–iyun oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 4 140 000 soʻmni (690 000 х 6) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son Qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-iyun oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(4 140 000 – 898 650) х 7,5% = 243 101,25 soʻm.

Yanvar-may oylarida 202 584,38 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyidagi soliq summasi 40 516,87 soʻmga (243 101,25 – 202 584,38) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 32 413,5 soʻmga ((4 140 000 – 898 650) х 1%) teng.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 27 011,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (32 413,5 – 27 011,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 35 114,62 soʻm soliq (40 516,87 – 5 402,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 426 783,13 soʻm ish haqi (690 000 + 900 000 – 40 516,87 – 67 500 – 55 200) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar-iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni tashkil qildi, yil boshidan daromad 6 600 000 soʻmni (1 100 000 х 6) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

● Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

269 595 + (6 600 000 – 4 493 250) х 17% = 627 742,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 523 118,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 104 623,75 soʻmga (627 742,5 – 523 118,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 57 013,5 soʻmni ((6 600 000 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 47 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 9 502,25 soʻmni (57 013,5 – 47 511,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmga (1 100 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) х 25% = 226 844,06 soʻm.

Xodim qoʻliga 680 532,19 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000 – 226 844,06) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Fevral oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 800 000 soʻm maosh belgilandi. Fevral-iyun oylari uchun daromad 4 000 000 soʻmni (800 000 х 5) tashkil qildi.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(4 000 000 – 898 650) х 7,5% = 232 601,25 soʻm.

Fevral-may oylarida 183 834,38 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 48 766,87 soʻmni (232 601,25 – 183 834,38) tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar 31 013,5 soʻmni ((4 000 000 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Fevral-may oylarida ShJBPHga 24 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (31 013,5 – 24 511,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 42 264,62 soʻm (48 766,87 – 6 502,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmga (800 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 687 233,13 soʻm (800 000 – 48 766,87 – 64 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Xodimning yanvar–iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 7 200 000 soʻmni (1 200 000 х 6) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga har oyda uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

●  ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

7 200 000 – (400 000 х 5) = 5 200 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–iyun oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

269 595 + (5 200 000 – 4 493 250) х 17% = 389 742,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 336 118,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Iyun oyi uchun soliq summasi 53 623,75 soʻmga (389 742,5 – 336 118,75) teng.

Yanvar–iyun oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 013,5 soʻmni ((5 200 000 – 898 650) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 36 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (43 013,5 – 36 511,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-iyun oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 7 200 000 soʻmni (1 200 000 х 6) tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

● Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 5 200 000 soʻmni (7 200 000 – (400 000 х 5)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

269 595 + (5 200 000 – 4 493 250) х 17% = 389 742,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 336 118,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (389 742,5 – 336 118,75) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-iyun oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 013,5 soʻmni ((5 200 000 – 898 650) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 36 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (43 013,5 – 36 511,25) tashkil qiladi.

Iyun oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmni (1 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi oladi.

 

15-VAZIYaT Oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-iyun oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 300 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 7 800 000 soʻmni (1 300 000 х 6) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan fevral oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2016–2017 oʻquv yili uchun 3 000 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa fevral oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

● Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 500 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Fevral-iyun oylari uchun ushlanmalar 2 500 000 soʻmni (500 000 х 5) tashkil qildi. Yanvar-iyun oylari uchun soliq solinadigan daromad 5 300 000 soʻmni (7 800 000 – 2 500 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

269 595 + (5 300 000 – 4 493 250) х 17% = 406 742,5 soʻm.

Yanvar-may oylarida 353 118,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Iyun oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (406 742,5 – 353 118,75) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 44 013,5 soʻmni ((5 300 000 – 898 650) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-may oylarida ShJBPHga 37 511,25 soʻm oʻtkazilgan, iyun oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (44 013,5 – 37 511,25) tashkil qiladi.

Byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 642 376,25 soʻm (1 300 000 – 53 623,75 – 104 000 – 500 000) ish haqi toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 


*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida, fevral oyi uchun 28.02.2017 yildagi 9 (1177)-sonida, mart oyi uchun 28.03.2017 yildagi 13 (1181)-sonida, aprel oyi uchun 18.04.2017 yildagi 16 (1184)-sonida, may oyi uchun 23.05.2017 yildagi 21 (1189)-sonida chop etilgan.