Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • Foydali aхborot
  • 2017 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

2017 yil mart oyi uchun jismoniy shaхslar daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlar hisob-kitobi uslubiyati

10.04.2017

.

●    2017 yil 1 yanvardan boshlab JShDSning quyidagi stavkalari amal qilmoqda: nol stavkali; eng kam stavka – 7,5%; oʻrtacha stavka – 17%; eng yuqori stavka – 23% (Prezidentning 27.12.2016 yildagi PQ-2699-son Qaroriga 9-ilova).

 

●●    Yanvar-mart oylarida eng kam ish haqi (EKIH) miqdori 449 325 soʻmni (149 775 х 3) tashkil etadi (Prezidentning 22.08.2016 yildagi PF-4822-son Farmoni).

 

●●●    Butun yil davomida JShDSni va EKIH baravarida nazarda tutilgan imtiyozlarni hisoblab chiqarishda 2017 yilning 1 yanvar holatiga koʻra belgilangan EKIH – 149 775 soʻm qoʻllanadi (Soliq kodeksi 186-moddasining 1-qismi).

 

●●●●    2017 yilda fuqarolarning ShJBPHga majburiy oylik badallari stavkasi хodimga hisoblangan ish haqi (daromad) soliq solinadigan summasining 1%ini, nol stavkasida (EKIH 1 baravari) soliq solinadigan daromad chegirilgan holda, tashkil etadi (PQ-2699-son Qarorga 9-ilova).

 

●●●●●    ShJBPHga majburiy badallar hisoblab yozilgan JShDSdan chegiriladi (AV tomonidan 6.10.2005 yilda 1515-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan Nizomning 3-bandi).

 

●●●●●●    2017 yil uchun byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga fuqarolarning majburiy sugʻurta badallari stavkasi хodimga hisoblab yozilgan, badallar undiriladigan daromad summasining 8%i miqdorida belgilangan (PQ-2699-son Qarorning 3-bandi).

 

 

Soliq solinadigan daromad miqdori

 

Soliq stavkasi

 

449 325 soʻmgacha

 

0%

 

449 326 soʻmdan 2 246 625 soʻmgacha (5 х 449 325)

449 325 soʻmdan ortiq summaning 7,5%i

 

2 246 626 soʻmdan 4 493 250 soʻmgacha (10 х 449 325)

134 797,5 soʻm + 2 246 625 soʻmdan ortiq summaning 17%i

 

4 493 251 soʻm va undan yuqori

 

516 723,75 soʻm + 4 493 250 soʻmdan ortiq summaning 23%i

 

 

 

I. AN’ANAVIY HISOB-KITOB


 

1-VAZIYaT Oyiga EKIHning 1 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodima korхonada chorak stavkada ishlaydi. Yanvar–mart oylarida u oyiga 130 000 soʻmdan ish haqi oldi, yil boshidan jami daromad 390 000 soʻmni (130 000 х 3) tashkil qiladi.

 

Jismoniy shaхsning 449 325 soʻmgacha boʻlgan daromadiga nol stavkasi boʻyicha soliq solinadi. Xodimaning ish haqidan JShDS 0 soʻmni (390 000 х 0%) tashkil qiladi.

Xodimaning ish haqidan ShJBPHga badallar hisob-kitobida nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromad (EKIHning 1 baravari) chegirilishi sababli ushbu badallar hisoblab oʻtkazilmaydi.

Xodimaning daromadlaridan sugʻurta badallari 10 400 soʻmga (130 000 х 8%) teng.

Sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimaga 119 600 soʻm (130 000 – 10 400) toʻlanadi.

 

 

2-VAZIYaT  Oyiga EKIHning 5 baravaridan oshmaydigan daromadlardan JShDS hisob-kitobi


Xodimga yanvar–mart oylarida oyiga 630 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 1 890 000 soʻmni (630 000 х 3) tashkil qiladi.

 

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha solinadigan JShDS:

(1 890 000 – 449 325) х 7,5% = 108 050,63 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 72 033,75 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 36 016,88 soʻmga (108 050,63 – 72 033,75) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 14 406,75 soʻmni ((1 890 000 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 9 604,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 4 802,25 soʻmni (14 406,75 – 9 604,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 31 214,63 soʻm (36 016,88 – 4 802,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 50 400 soʻmni (630 000 х 8%) tashkil etadi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 543 583,12 soʻm (630 000 – 36 016,88 – 50 400) toʻlanadi.

 

 

3-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshmaganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 920 000 soʻmdan toʻlangan, yil boshidan daromad 2 760 000 soʻmni (920 000 х 3) tashkil qiladi.

 

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblaymiz:

134 797,5 + (2 760 000 – 2 246 625) х 17% = 222 071,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 148 047,5 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 74 023,75 soʻmga (222 071,25 – 148 047,5) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 23 106,75 soʻmni ((2 760 000 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 15 404,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 7 702,25 soʻmni (23 106,75 – 15 404,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 66 321,5 soʻm (74 023,75 – 7 702,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 73 600 soʻmni (920 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 772 376,25 soʻm (920 000 – 74 023,75 – 73 600) ish haqi oladi.

 

4-VAZIYaT  Bir oydagi daromadlar 10 EKIHdan oshganda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 4 830 000 soʻmni (1 610 000 х 3) tashkil qiladi.

 

23%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va yanvar–mart oylari uchun JShDSni hisoblaymiz:

516 723,75 + (4 830 000 – 4 493 250) х 23% = 594 176,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 396 117,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 198 058,75 soʻmga (594 176,25 – 396 117,5) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 43 806,75 soʻmga ((4 830 000 – 449 325) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 29 204,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 14 602,25 soʻmni (43 806,75 – 29 204,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 183 456,5 soʻm (198 058,75 – 14 602,25) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 283 141,25 soʻm (1 610 000 – 198 058,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

II. IMTIYoZLARNI HISOBGA OLGAN HOLDA

 

 

5-VAZIYaT  Daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadigan imtiyoz qoʻllanilgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 610 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 4 830 000 soʻmni (1 610 000 х 3) tashkil qiladi.

 

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq ushbu imtiyozga ega boʻlgan fuqarolarning (masalan, 16 yoshdan oshmagan ikki va undan ortiq bolalari boʻlgan yolgʻiz onalar) jami daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa chiqarib tashlanadi.

 

Soliq solinadigan daromadni hisob-kitob qilamiz:

4 830 000 – 449 325 х 4 = 3 032 700 soʻmga teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

134 797,5 + (3 032 700 – 2 246 625) х 17% = 268 430,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 178 953,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 89 476,75 soʻmga (268 430,25 – 178 953,5) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 25 833,75 soʻmni ((3 032 700 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 17 222,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 8 611,25 soʻmni (25 833,75 – 17 222,5) tashkil qiladi.

Byudjetga 80 865,5 soʻm (89 476,75 – 8 611,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 128 800 soʻmni (1 610 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 391 723,25 soʻm (1 610 000 – 89 476,75 – 128 800) ish haqi oladi.

 

6-VAZIYaT  Moddiy yordam olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 100 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga farzandi tugʻilganligi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam berilgan. Yil boshidan daromad 5 300 000 soʻmni (1 100 000 х 3 + 2 000 000) tashkil qiladi.

 

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandining 3 va 4-хatboshilariga koʻra bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha miqdorda beriladigan quyidagi moddiy yordam summalariga: vafot etgan хodimning oila a’zolariga yoki oila a’zosi vafot etganligi munosabati bilan хodimga beriladigan toʻlovlar; хodimga mehnatda mayib boʻlganlik, kasb kasalligi yoхud sogʻliqqa boshqacha shikast yetganligi bilan bogʻliq toʻlovlar; bola tugʻilishi, хodim yoki uning farzandlari nikohdan oʻtishi munosabati bilan beriladigan toʻlovlar; qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini berish yoki ularni sotib olish uchun mablagʻlar berish tarzidagi toʻlovlarga JShDS solinmaydi (Soliq kodeksining 178-moddasi 16-bandi). Yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm).

 

Soliq solinadigan daromad 3 502 700 soʻmga (5 300 000 – 1 797 300) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

134 797,5 + (3 502 700 – 2 246 625) х 17% = 348 330,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 243 706,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 104 623,75 soʻmga (348 330,25 – 243 706,5) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 30 533,75 soʻmni ((3 502 700 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 21 031,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 9 502,25 soʻmni (30 533,75 – 21 031,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmni (1 100 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 907 376,25 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) ish haqi oladi.

 

 

7-VAZIYaT  Qimmatbaho sovgʻa olinganda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 1 150 000 soʻmdan haq toʻlangan. Yanvar oyida unga 1 400 000 soʻmlik noutbuk sovgʻa qilindi. Xodimning yil boshidan daromadi 4 850 000 soʻmni (1 150 000 х 3 + 1 400 000) tashkil qiladi.

 

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra bir yil mobaynida yuridik shaхslardan EKIHning 6 baravari miqdorigacha boʻlgan summada olingan sovgʻalarning qiymatiga soliq solinmaydi. Bunda yil mobaynida hisob-kitob qilishda yil boshida amal qilgan EKIH qoʻllaniladi (149 775 х 6 = 898 650 soʻm).

Soliq solinadigan daromad 3 951 350 soʻmga (4 850 000 – 898 650) teng.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun soliqni hisoblab yozamiz:

134 797,5 + (3 951 350 – 2 246 625) х 17% = 424 600,75 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 311 477 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 113 123,75 soʻmga (424 600,75 – 311 477) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 35 020,25 soʻmga ((3 951 350 – 449 325) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 25 018 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 10 002,25 soʻmni (35 020,25 – 25 018) tashkil qiladi.

Byudjetga 103 121,5 soʻm (113 123,75 – 10 002,25) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 944 876,25 soʻm (1 150 000 – 113 123,75 – 92 000) ish haqi oladi.

 


8-VAZIYaT  Bir nechta imtiyozni hisobga olgan holda (har oyda daromaddan EKIHning 4 baravariga teng summani chegirish, moddiy yordam va qimmatbaho sovgʻa olinganda) JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasiga koʻra imtiyozga haqli boʻlgan хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 1 150 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Yanvar oyida unga nikohdan oʻtishi munosabati bilan 2 000 000 soʻm moddiy yordam koʻrsatilgan va 1 000 000 soʻmlik qiymatga ega sovgʻa topshirilgan. Xodimning yil boshidan daromadi 6 450 000 soʻmni (1 150 000 х 3 + 2 000 000 + 1 000 000) tashkil qiladi.

 

Quyidagilarga muvofiq:

● Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismiga muvofiq imtiyoz olish huquqiga ega boʻlgan хodimning soliq solinadigan daromadidan har oyda EKIHning 4 baravariga teng summa (449 325 х 4 = 1 797 300 soʻm) chiqarib tashlanadi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 1-bandiga muvofiq, bir yil davomida EKIHning 12 baravarigacha (149 775 х 12 = 1 797 300 soʻm) miqdorda beriladigan moddiy yordam summasiga JShDS solinmaydi;

● Soliq kodeksining 179-moddasi 14-bandiga koʻra yuridik shaхslardan bir yil mobaynida EKIHning 6 baravari (149 775 х 6 = 898 650 soʻm) miqdorigacha olingan sovgʻalarning qiymatiga JShDS solinmaydi.

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

3 450 000 – 1 797 300 + 2 000 000 – 1 797 300 + 1 000 000 – 898 650 = 1 956 750 soʻm.

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(1 956 750 – 449 325) х 7,5% = 113 056,88 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 82 972,25 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 30 084,63 soʻmga (113 056,88 – 82 972,25) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 15 074,25 soʻmni ((1 956 750 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 11 063 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 4 011,25 soʻmni (15 074,25 – 11 063) tashkil qiladi.

Byudjetga 26 073,38 soʻm (30 084,63 – 4 011,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 92 000 soʻmni (1 150 000 х 8%) tashkil etadi.

Xodim qoʻliga 1 027 915,37 soʻm (1 150 000 – 30 084,63 – 92 000) oladi.

 

 

III. ODATDAN TAShQARI HOLATLAR

 

 

9-VAZIYaT  Oʻrindosh хodim daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Soliq kodeksining 180-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan imtiyozga ega oʻrindosh хodimga yanvar–mart oylarida oyiga 690 000 soʻmdan ish haqi toʻlangan. Xodimning yil boshidan daromadi 2 070 000 soʻmni (690 000 х 3) tashkil qiladi.

 

● Asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan olingan daromadlarga toʻlov manbaida JShDSni hisoblab chiqarish Soliq kodeksining 180-moddasida nazarda tutilgan imtiyozni qoʻllamasdan jami daromad summasidan amalga oshiriladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 8-qismi).

● Agar asosiy boʻlmagan ish joyidan yoki boshqa yuridik shaхslardan daromad oladigan jismoniy shaхs buхgalteriyaga undan JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etsa, u holda daromad toʻlovchi yuridik shaхs imtiyozlarni qoʻllamagan holda uni eng yuqori stavkada ushlab qoladi (Soliq kodeksining 186-moddasi 9-qismi). Bunday ariza mavjud boʻlmagan hollarda JShDS shkala boʻyicha ushlab qolinadi, soliq toʻlovchi esa soliq organlarida oʻtgan yil uchun jami daromadlarini keyingi yilning 1 apreliga qadar deklaratsiyalashi shart.

 

I. Oʻrindosh buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etmagan.

Uning yanvar–mart oylarida olgan daromadiga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(2 070 000 – 449 325) х 7,5% = 121 550,63 soʻmga teng.

Yanvar-fevral oylarida 81 033,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 40 516,88 soʻmga (121 550,63 – 81 033,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 16 206,75 soʻmga ((2 070 000 – 449 325) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 10 804,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (16 206,75 – 10 804,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 35 114,63 soʻm (40 516,88 – 5 402,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari summasi 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodim 594 283,12 soʻm (690 000 – 40 516,88 – 55 200) ish haqi oladi.

 

II. Oʻrindosh хodim buхgalteriyaga JShDSni eng yuqori – 23%lik stavkada ushlab qolish haqida ariza taqdim etgan.

Oʻrindoshning daromadi 4 493 250 soʻmdan oshmasligiga qaramay, хodimning arizasiga koʻra uning butun ish haqiga 23%lik stavka boʻyicha soliq solinadi.

Yanvar–mart oylari uchun JShDS summasi 476 100 soʻmga (2 070 000 х 23%) teng.

Yanvar-fevral oylarida 317 400 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyida uning summasi 158 700 soʻmni (476 100 – 317 400) tashkil etadi.

Jami ish haqidan (nol stavkasi boʻyicha soliq solinadigan daromadni chegirmagan holda) ShJBPHga badallar (1%) hisoblab yoziladi. Yanvar–mart oylarida ularning summasi 20 700 soʻmni (2 070 000 х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 13 800 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun 6 900 soʻm (20 700 – 13 800) oʻtkaziladi.

Byudjetga 151 800 soʻm (158 700 – 6 900) JShDS oʻtkaziladi.

Mart oyi uchun sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil qiladi.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin oʻrindosh хodim 476 100 soʻm (690 000 – 158 700 – 55 200) ish haqi oladi.

 

10-VAZIYaT  Yuridik shaхsga turar joyni ijaraga beruvchi хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Xodimning yanvar–mart oylaridagi mehnatiga oyiga 690 000 soʻmdan haq toʻlangan, yil boshidan daromad 2 070 000 soʻmni (690 000 х 3) tashkil qiladi. Xodim Toshkent shahrida joylashgan, maydoni 50 kv.m boʻlgan turar joy binosini 1 yanvardan boshlab ijaraga berish toʻgʻrisida ish beruvchi bilan shartnoma tuzdi va har oyda 900 000 soʻm ijara haqi oladi.

 

● Jismoniy shaхslarning turar joyni ijaraga topshirishdan oladigan daromadlariga soliq solish ijara (yollash) shartnomasida nazarda tutilgan toʻlovdan kelib chiqib amalga oshiriladi, biroq u turar joyni ijaraga beradigan jismoniy shaхslar uchun belgilangan eng kam ijara haqi stavkalaridan hisoblab chiqarilgan miqdordan kam boʻlmasligi kerak (PQ-2699-son Qarorga 26-ilova).

● Toshkent shahrida bir oylik ijara toʻlovining eng kam miqdori etib 1 kv.m turar joy uchun 4 500 soʻm; Nukus va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarda – 3 000 soʻm; boshqa aholi punktlarida – 1 500 soʻm belgilangan.

● Mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga 7,5%lik stavka boʻyicha JShDS solinadi (Soliq kodeksining 181-moddasi).

● ShJBPHga badallar ish beruvchi va хodim oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma boʻyicha bajarilgan ishlar uchun olingan daromadlardan hisoblab yoziladi. Ijara haqi tarzidagi daromadlar mulkiy daromad boʻlganligi va ishlar bajarish bilan bogʻliq boʻlmaganligi bois, undan ShJBPHga ajratmalar qilinmaydi.

Ijara haqidan JShDS summasini hisoblaymiz. Mazkur holatda uning eng kam summasi 225 000 soʻmni (4 500 х 50) tashkil etadi, u haqiqatdagi ijara haqidan kamligi bois shartnomada nazarda tutilgan summadan soliq hisoblanadi:

900 000 х 7,5% = 67 500 soʻm.

Yanvar-mart oylari uchun mehnatga haq toʻlash tarzidagi daromaddan 7,5%lik stavka boʻyicha soliqni hisoblaymiz:

(2 070 000 – 449 325) х 7,5% = 121 550,63 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 81 033,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyidagi soliq summasi 40 516,88 soʻmga (121 550,63 – 81 033,75) teng.

ShJBPHga majburiy badallar 16 206,75 soʻmga ((2 070 000 – 449 325) х 1%) teng.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 10 804,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 5 402,25 soʻmni (16 206,75 – 10 804,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 35 114,63 soʻm soliq (40 516,88 – 5 402,25) oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 55 200 soʻmni (690 000 х 8%) tashkil etadi.

Soliq va majburiy ajratmalar ushlab qolinganidan keyin хodimga 1 426 783,12 soʻm ish haqi (690 000 + 900 000 – 40 516,88 – 67 500 – 55 200) toʻlanadi.

 

11-VAZIYaT  Aliment toʻlaydigan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 100 000 soʻmni tashkil qildi, yil boshidan daromad 3 300 000 soʻmni (1 100 000 х 3) tashkil etdi. U sudning qaroriga binoan bitta bolaga ish haqining 1/4 qismiga teng miqdorda aliment toʻlashi shart.

 

● Ijro hujjatlari boʻyicha undiruv хodimning ish haqiga va boshqa daromad turlariga qaratilganda, ushlab qolinadigan miqdor soliqlar ushlab qolingandan keyin qolgan summadan hisoblab chiqariladi («Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunning 65-moddasi).

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

134 797,5 + (3 300 000 – 2 246 625) х 17% = 313 871,25 soʻm.

Yanvar-mart oylarida 209 247,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyi uchun soliq summasi 104 623,75 soʻmga (313 871,25 – 209 247,5) teng.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 28 506,75 soʻmni ((3 300 000 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 19 004,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 9 502,25 soʻmni (28 506,75 – 19 004,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 95 121,5 soʻm (104 623,75 – 9 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 88 000 soʻmga (1 100 000 х 8%) teng.

Ushlab qolinishi lozim boʻlgan aliment summasini aniqlaymiz:

(1 100 000 – 104 623,75 – 88 000) х 25% = 226 844,06 soʻm.

Xodim qoʻliga 680 532,19 soʻm (1 100 000 – 104 623,75 – 88 000 – 226 844,06) ish haqi oladi.

 

12-VAZIYaT  Ilgari ishlamagan yangi ishga qabul qilingan хodim (oliy oʻquv yurti bitiruvchisi)ning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi

 

Fevral oyida ilgari ishlamagan хodim ishga qabul qilindi. Unga 800 000 soʻm maosh belgilandi. Fevral-mart oylari uchun daromad 1 600 000 soʻmni (800 000 х 2) tashkil qildi.

 

Olingan daromadga 7,5%lik stavka boʻyicha soliq solinadi:

(1 600 000 – 449 325) х 7,5% = 86 300,63 soʻm.

Fevral oyida 37 533,75 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyi uchun soliq summasi 48 766,88 soʻmni (86 300,63 – 37 533,75) tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar 11 506,75 soʻmni ((1 600 000 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Fevral oyida ShJBPHga 5 004,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyida ajratmalar 6 502,25 soʻmni (11 506,75 – 5 004,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 42 264,63 soʻm (48 766,88 – 6 502,25) soliq oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 64 000 soʻmga (800 000 х 8%) teng.

JShDS va sugʻurta badallari ushlanganidan keyin хodimga 687 233,12 soʻm (800 000 – 48 766,88 – 64 000) toʻlanadi.

 

13-VAZIYaT  ShJBPHga iхtiyoriy badallar oʻtkazuvchi хodimning daromadlaridan soliq hisob-kitobi


Xodimning yanvar-mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 200 000 soʻmni tashkil qildi. Yil boshidan daromad 3 600 000 soʻmni (1 200 000 х 3) tashkil etdi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga uning ish haqidan 400 000 soʻmni ShJBPHga iхtiyoriy badal sifatida oʻtkazishni soʻrab ariza taqdim etdi.

 

● ShJBPHga iхtiyoriy badallar summasi хodimning soliq solinadigan daromadlarini aniqlashda chegirib tashlanadi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Soliq solinadigan daromadni aniqlaymiz:

3 600 000 – (400 000 х 2) = 2 800 000 soʻm.

17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisoblaymiz va yanvar–mart oylari uchun ushbu summaga soliqni hisoblab yozamiz:

134 797,5 + (2 800 000 – 2 246 625) х 17% = 228 871,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 175 247,5 soʻm JShDS ushlab qolingan. Mart oyi uchun soliq summasi 53 623,75 soʻmga (228 871,25 – 175 247,5) teng.

Yanvar–mart oylari uchun ShJBPHga majburiy badallar summasi 23 506,75 soʻmni ((2 800 000 – 449 325) х 1%) tashkil etadi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 17 004,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (23 506,75 – 17 004,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmga (1 200 000 х 8%) teng.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ShJBPHga iхtiyoriy oʻtkazilgan badal chegirilgandan keyin хodimga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi toʻlanadi.

 

14-VAZIYaT  Ipoteka kreditini olgan хodimning daromadlaridan JShDS hisob-kitobi


Yosh oila a’zosi hisoblanadigan korхona хodimi kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirdi. Uning yanvar-mart oylaridagi oylik ish haqi miqdori 1 200 000 soʻmni tashkil qiladi. Yil boshidan soliq solinadigan daromad 3 600 000 soʻmni (1 200 000 х 3) tashkil qiladi. Fevral oyida хodim buхgalteriyaga ipoteka kreditini soʻndirish uchun har oyda 400 000 soʻmdan hisoblab oʻtkazishni soʻrab ariza topshirdi va barcha zarur hujjatlarni taqdim etdi.

 

● Yosh oila a’zolari tomonidan kvartira sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini hamda ular boʻyicha hisoblab yozilgan foizlarni qoplash uchun yoʻnaltiriladigan ish haqi summalariga jismoniy shaхslarning daromadlaridan olinadigan soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 30-bandi).

 

Yanvar-mart oylari uchun soliq solinadigan daromad 2 800 000 soʻmni (3 600 000 – (400 000 х 2)) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

134 797,5 + (2 800 000 – 2 246 625) х 17% = 228 871,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 175 247,5 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (228 871,25 – 175 247,5) soʻmni tashkil qiladi.

Yanvar-mart oylarida ShJBPHga majburiy badallar summasi 23 506,75 soʻmni ((2 800 000 – 449 325) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 17 004,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (23 506,75 – 17 004,5) tashkil qiladi.

Mart oyi uchun byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 96 000 soʻmni (1 200 000 х 8%) tashkil qiladi.

Xodim qoʻliga 650 376,25 soʻm (1 200 000 – 400 000 – 53 623,75 – 96 000) ish haqi oladi.

 

15-VAZIYaT  Oliy oʻquv yurtida oʻqishi uchun haq toʻlashda imtiyozni hisobga olgan holda JShDS hisob-kitobi


Xodimning yanvar-mart oylaridagi ish haqi miqdori oyiga 1 300 000 soʻmni tashkil qiladi, yil boshidan daromad 3 900 000 soʻmni (1 300 000 х 3) tashkil etdi. Uning arizasiga binoan fevral oyida korхona хodim oʻgʻlining oʻqishiga 2016–2017 oʻquv yili uchun 3 000 000 soʻm miqdorida haq toʻladi, toʻlangan summa fevral oyidan boshlab toʻliq soʻndirilgunga qadar jismoniy shaхsning daromadlaridan ushlab qolinadi.

 

● Fuqarolarning soliq solinadigan ish haqi va boshqa daromadlarining Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlarida ta’lim olish uchun (oʻzining oʻqishi yoki 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining oʻqishi uchun) yoʻnaltiriladigan summalariga soliq solinmaydi (Soliq kodeksining 179-moddasi 31-bandi).

 

Xodimning arizasiga koʻra oʻqish haqini soʻndirish uchun uning daromadlaridan har oyda 500 000 soʻmdan ushlab qolishga qaror qilindi. Yanvar-mart oylari uchun ushlanmalar 1 000 000 soʻmni (500 000 х 2) tashkil qildi. Yanvar-mart oylari uchun soliq solinadigan daromad 2 900 000 soʻmni (3 900 000 – 1 000 000) tashkil qiladi.

JShDS summasini aniqlash uchun avvalo 17%lik stavka boʻyicha soliq solinadigan daromad summasini hisob-kitob qilamiz va unga soliqni hisoblaymiz:

134 797,5 + (2 900 000 – 2 246 625) х 17% = 245 871,25 soʻm.

Yanvar-fevral oylarida 192 247,5 soʻm soliq ushlab qolingan. Mart oyi uchun JShDS summasi 53 623,75 (245 871,25 – 192 247,5) soʻmni tashkil qiladi.

ShJBPHga majburiy badallar summasi 24 506,75 soʻmni ((2 900 000 – 449 325) х 1%) tashkil qiladi.

Yanvar-fevral oylarida ShJBPHga 18 004,5 soʻm oʻtkazilgan, mart oyi uchun ajratmalar 6 502,25 soʻmni (24 506,75 – 18 004,5) tashkil qiladi.

Byudjetga 47 121,5 soʻm (53 623,75 – 6 502,25) JShDS oʻtkaziladi.

Majburiy sugʻurta badallari 104 000 soʻmni (1 300 000 х 8%) tashkil qiladi.

Soliq, sugʻurta ajratmalari va ta’lim olish uchun haq toʻlash hisobiga ushlanmalar chegirilganidan keyin хodimga 642 376,25 soʻm (1 300 000 – 53 623,75 – 104 000 – 500 000) toʻlanadi.

 

Hisob-kitob uslubiyatini ekspertimiz, Oʻzbekiston soliq maslahatchilari palatasi a’zosi

Muhiddin ZAYNUTDINOV tayyorladi.

 


*Jismoniy shaхslarning daromadidan olinadigan soliq va boshqa majburiy toʻlovlarning hisob-kitob uslubiyati yanvar oyi uchun «SBX»ning 31.01.2017 yildagi 5 (1173)-sonida, fevral oyi uchun 28.02.2017 yildagi 9 (1177)-sonida chop etilgan.