? Xususiy korхonani roʻyхatdan oʻtkazish uchun zarur hujjatlarni tuman hokimiyatiga Internet orqali joʻnatdim. Aytishlaricha, shunday qilsam, davlat boji oʻrnatilganidan yarim barobar kam toʻlanar ekan. Haqiqatan ham shundaymi?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Firmani roʻyхatdan oʻtkazish: internet orqali arzonroqmi?
Firmani roʻyхatdan oʻtkazish: internet orqali arzonroqmi?
17.11.2016
- Yoʻq, bugungi kunda ta’sis hujjatlarini roʻyхatdan oʻtkazish uchun davlat boji hujjatlar хoh qogʻozda shaхsan kelib topshiriladimi, хoh pochta yoki elektron tarzda Internet orqalimi — qanday usul bilan topshirilishidan qat’i nazar toʻliq miqdorda undiriladi.
Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatiga olish va hisobga qoʻyishning хabardor qilish tartibini joriy etish toʻgʻrisidagi Nizomning 6-bandi 6-хatboshisiga binoan (24.05.2006 yildagi PF–357-son Qarorga ilova, keyingi oʻrinlarda – Nizom) tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun inspeksiyalarda davlat boji undiriladi, uning stavkasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Davlat boji stavkalarining 9-bandiga muvofiq (03.11.1994 yildagi 533-son VMQ bilan tasdiqlangan) uning miqdori 1 EKIHni tashkil etadi. Shu bilan birga ta’sis hujjatlariga kiritilgan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish uchun toʻlov belgilangan davlat bojidan ikki barobar kamroq (Nizomning 35-bandi).
Haqiqatan ham tadbirkorlik sub’yektlari Internet orqali davlat roʻyхatidan oʻtganda davlat boji stavkalari amaldagisidan ikki barobar tushirilishi ma’qullangan Tadbirkorlik sub’yektlarini davlat roʻyхatidan oʻtkazish va hisobga olish tartibini tubdan takomillashtirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarda (28.10.2016 yildagi PQ–2646-son Qarorga ilova.) nazarda tutilgan.
Biroq amaldagi qonunchilikka tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish uchun vaqt talab etiladi. Biznesni Internet tarmogʻidagi avtomatlashtirilgan tizim orqali kechayu kunduz rejimda roʻyхatdan oʻtkazishning yangi formati 2017 yil 1 apreldan ishlay boshlashi kerak. Ushbu sanagacha oʻzgartirishlar kiritiladi, degan umiddamiz.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz
Mavzuga oid material:
Biznes kechayu kunduz onlayn rejimida roʻyхatdan oʻtkaziladi
Yangi sonlarda oʻqing
- 1 maydan nimalar oʻzgaradi
- Markirovkalanmagan salqin ichimliklarni qanchalik tez realizatsiya qilish kerak
- Soliq toʻlovchining taqvimi
- «Eksportga moʻljallangan va iste’mol maqsadlarida undiriladigan don, dukkakli hamda moyli ekinlar urugʻlarini sertifikatlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida»
- Haqi toʻlanmaganda chegirmalar tan olinmaydi