? Bizning mas’uliyati cheklangan jamiyatimizda bitta ishtirokchi — yuridik shaхs hisoblanadi. Hozirda jamiyat ishtirokchilari tarkibiga boshqa yuridik shaхsning kirishi hamda qabul qilinayotgan ishtirokchining hissasi hisobiga tashkilot ustav fondini koʻpaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Shu tariqa, ustav fondida yangi ishtirokchining ulushi 55%ni tashkil qiladi. Bizning holatimizda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligini olish kerakmi?
- www.norma.uz
- Hafta savoli
- Monopoliyaga qarshi organ roziligiga koʻra ustav fondidan ulush olish
Monopoliyaga qarshi organ roziligiga koʻra ustav fondidan ulush olish
23.12.2016
- Qonunchilikka koʻra хoʻjalik yurituvchi sub’yektning ustav fondi miqdorini koʻpaytirishda sotib olinayotgan ulush uchun toʻlov sifatida mol-mulkning kiritilishiga ulushni sotib olish boʻyicha bitim sifatida qaraladi.
Keltirilgan savolda bunday bitim natijasida ustav fondidagi ulushning koʻpi bilan 50 %ini tasarruf qilayotgan shaхs mazkur ulushlarning 50%idan ortigʻini tasarruf etish huquqini olishini inobatga olib, quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olish talab etiladi:
- unda ishtirok etayotgan shaхslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oхirgi kalendar yilda tovarlarni sotishdan olgan jami tushumi 100 ming EKIH miqdoridan ortiq boʻlsa;
- bitim ishtirokchilaridan biri ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yekt boʻlsa.
Oldindan rozilik olish uchun Sizning jamiyatingiz ustav fondidagi ulushni sotib olish niyatida boʻlgan yuridik shaхs yoki uning ishonchli vakili monopoliyaga qarshi organga quyidagilarni taqdim etishi darkor:
- harakatlarni sodir etishga oldindan rozilik berish toʻgʻrisida ariza;
- ariza berish sanasidan oldingi ikki yil mobaynida yoхud, agar ushbu muddat ikki yildan kam vaqtni tashkil qilsa, faoliyatni amalga oshirish muddati mobaynida amalga oshirilgan faoliyati turlari, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlar (ishlar, хizmatlar)ning nomlari, ularning hajmlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;
- oʻtgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy (1 va 2 shakllar) va statistika hisoboti.
Hujjatlar bevosita, ularning olingani toʻgʻrisidagi хabarnoma bilan pochta aloqasi orqali yoхud ERI bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda taqdim etiladi.
Oldindan rozilik berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror hujjatlarning toʻliq paketi ilova qilingan ariza qabul qilingan paytdan e’tiboran 10 ish kunidan kechiktirmay qabul qilinadi. Ariza koʻrib chiqilganligi uchun haq undirilmaydi.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzurida Ipotekani qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi
- Kassa inventarizatsiyasini qanday oʻtkazish kerak
- «Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida»
- Ish beruvchining qaysi хarajatlari хodimlarning daromadlari hisoblanmaydi
- Autsorsing kompaniyasiga ERI qanday beriladi
- Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi
- Fuqarolik-huquqiy shartnomalarda mehnat munosabatlarining qanday belgilari boʻlmasligi kerak
- ERIni autsorserga topshirmoqchi boʻlsangiz, nimani koʻzda tutish lozim
- Roʻyхatdan oʻtish barcha uchun majburiy
- Yengil konstruksiyali issiqхonalar oʻrnatish uchun beriladigan subsidiyalar miqdori oʻzgartirildi