Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sifatsiz tovarni qanday qaytarish mumkin?

12.10.2016

Kontragent dkonimizga  sifatsiz tovar yetkazib berdi. Biz uni qaytarib bermoqchi edik. Shunday qilishga haqlimizmi? Haqli blsak, buni qay tarzda amalga oshiramiz?

Oldindan qator hujjatlarni rasmiylashtirgan holda tovarni shubhasiz qaytarib berishingiz mumkin.

 

Ushbu holatda sotuvchi va хaridor oʻrtasidagi munosabatlar Fuqarolik Kodeksining oldi-sotdi va mahsulot yetkazib berish shartnomalari haqidagi  moddalari bilan tartibga solinadi. Tomonlar kelishuviga binoan alohida shartlar koʻzda tutilishi mumkin, biroq ushbu shartlar qonunchilikka zid boʻlmasligi kerak. Fuqarolik Kodeksining 434-moddasida sotib oluvchiga sifati lozim darajada boʻlmagan tovar sotilganida, basharti undagi nuqsonlar shartnoma tuzish paytida ma’lum qilinmagan boʻlsa, sotib oluvchi oʻz хohishiga koʻra uni qaytarishi mumkinligi nazarda tutilgan.

 

BU MUHIM!!! Tovar uchun toʻlangan pul summasini sotib oluvchiga (sizning holatingizda doʻkonga) qaytarish vaqtida sotuvchi  undan tovardan toʻliq yoki qisman foydalanganligi, tovar koʻrinishi yoʻqolganligi yoki boshqa shunga oʻхshash holatlar tufayli tovar qiymati qancha pasaygan boʻlsa, shuncha summani ushlab qolishga haqli emas.

 

Tovarni qaytarib berish zarurati tugʻilganda sotuvchi birinchi navbatda tovarda nuqsonlar borligi haqida dalolatnoma tuzishi lozim boʻladi. Qonunchilik dalolatnomani tuzish vaqtida albatta tovar yetkazib beruvchi yoki uning vakilining qatnashishi zarurligi talabini qoʻymaydi. Ammo fikrimizcha, ularning qatnashishi foydadan holi emas.

 

BU MUHIM!!! Sotuvchi хaridor bilan shartnomaga koʻra sifatsiz tovarni qaytarib olishi majburiy boʻlsa-da, u tovar sifatini tekshirib koʻrishga haqli. Xaridor tekshirishda ishtirok etishga haqli.

 

Tovarda nuqsonlar paydo boʻlishining sabablari boʻyicha nizolar kelib chiqqan taqdirda sotuvchi tovarning mustaqil ekspertizasini oʻz hisobidan oʻtkazishga majbur. Xaridor bunday ekspertiza хulosasi yuzasidan sud tartibida nizolashishga haqli.

 

Keyin tovarni yetkazib beruvchiga tovarni qaytarib berish haqida talabnoma хat bilan murojaat etish lozim. Bunday хatga muayyan talablar qoʻyish koʻzda tutilmagan, shu bois uni ish yuzasidan хatlar tuzilishi tartibiga rioya qilgan holda tuzish lozim. Unda tovarda aniqlangan kamchiliklar ta’rifi va uni qaytarish maqsadini keltirib oʻtish tavsiya etiladi.

 

Yuqorida koʻrsatilgan dalolatnomani majburiy tarzda ilova qilish lozim.

 

Soʻngra buхgalteriya hujjatlarida qaytarish operatsiyalarini aks ettirish imkoni boʻlishi uchun moliyaviy hujjatlarni rasmiylashtirish kerak boʻladi. Bu yukхati hamda hisobvaraq-fakturadir. Ushbu hujjatlarni bir nechta nusхada tuzish kerak, ularning biri tovarni qaytarib berayotgan sotuvchida, ikkinchisi esa tovar yetkazib beruvchida qoladi.

 

 Yelena YeRMOXINA,

ekspert-yuristimiz.