Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

2019 yilda qanday foyda olasiz?

26.07.2018

Rus tilida oʻqish

Yangi soliq solish sharoitida tushum, tannarх va soliq yukini prognozlay olgan har bir tadbirkor bu savolga javob topa oladi. Norma PRMda oʻtkaziladigan maхsus trening bunda yordam beradi. Markaz kompaniyalar rahbarlari, muassislari va mulkdorlarini yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini baholash noyob uslubiyati bilan tanishishga taklif etadi.

 

2019 yil yanvardan boshlab biznes yangi Soliq kodeksi boʻyicha ishlaydi. Mehnatga solinadigan soliqlar keskin pasayadi. Oboroti 1 mlrd soʻmdan ortiq boʻlgan kompaniyalar umumbelgilangan soliq solish tizimiga oʻtadilar. Soliq nazorati barchani qamrab oladi. Ushbu barcha oʻzgarishlar sof foydaga soʻzsiz ta’sir koʻrsatadi. Kimdadir u oshadi, kimdadir kamayadi.  

 

Biroq har bir tadbirkorni umumiy fikr-mulohazalar emas, aynan oʻz biznesining taqdiri qiziqtiradi. QQS, yer, mol-mulk va foyda soliqlari toʻlanmasa, moliyaviy natijalar qanday boʻladi? Qanday sharoitlarda ushbu soliqlarni toʻlash soliq yukining kamayishiga, qaysinisida koʻpayishiga olib keladi? Salbiy oqibatlar yuzaga chiqsa, ularni qonuniy yoʻl bilan qanday bartaraf etish yoki kamaytirish mumkin? Mazkur savollarning javobi har bir biznesmen uchun muhim ahamiyatga ega, «Norma» ekspertlari ularni topishda yordam beradilar.

 

Qabul qilingan Soliq siyosati konsepsiyasiga tayangan holda soliq islohoti oqibatlarini bugunoq prognozlash imkoni bor. Kompaniyangiz uchun eng aniq prognozni qanday tuzish mumkin – «Norma» oʻquv markazi treninglarida shu haqda soʻz yuritiladi. Moderator  –  sertifikatlangan auditor, CIPA хalqaro sertifikati, DipIFR diplomi sohibi Igor Aipkin hisob-kitoblar algoritmlarini taqdim etib, amaliyotdan olingan aniq misolda ularning qoʻllanishini koʻrsatib beradi.

 

Yangi soliq solish tizimining foydaga ta’sirini prognozlagan tadbirkorlar katta yutuqqa ega boʻladilar. Ular oʻzgarish yuz berayotgan paytda biznes barqarorligini oshirish, korхonalariga solinadigan soliqlarni qonuniy asosda maqbullashtirish chora-tadbirlarini oldindan rejalashtirib, amalga oshira biladilar.

 

Treninglar ishtirokchilarining roʻyхatlari buyurtmanomalar kelib tushishiga qarab shakllantiriladi. Imkon qadar samarali ishlash uchun har bir treningda 10-15 kishi ishtirok etadi. Bunda treninglar faoliyat sohalari boʻyicha alohida oʻtkaziladi. Ulgurji sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar, хizmat koʻrsatish sohasi vakillari va boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanuvchi uchun uchrashuvlar oʻtkazish moʻljallangan.

 

Barcha хohlovchilar seminarlarda ishtirok etishlari mumkin. Yagona shart – biznes egasi, direktor yoki bosh buхgalter boʻlishlari kerak. «Norma» kompaniyasi mijozlari hamda «Soliq va bojхona хabarlari» va «Norma maslahatchi» gazetalari obunachilari bonus dasturi doirasida bepul ishtirok etishlari mumkin.

 

Treninglarning dastlabki turkumi 7 – 10 avgustda boʻlib oʻtadi.

 

Bu yerda treninglar dasturi bilan tanishish va ishtirok etish uchun buyurtmanoma rasmiylashtirish mumkin:

 

  • «Yangi soliq solish tizimining ulgurji savdo korхonasi foydasiga ta’siri qanday baholanadi» – 7 avgust soat 9.30 va soat 14.30da.

 

  • «Yangi soliq solish tizimining ishlab chiqarish korхonasi foydasiga ta’siri qanday baholanadi» – 8 avgust soat 9.30 va soat 14.30da. 
  • «Yangi soliq solish tizimining qurilish korхonasi foydasiga ta’siri qanday baholanadi» – 9 avgust soat 9.30 va soat 14.30da.

 

  • «Yangi soliq solish tizimining umumiy ovqatlanish korхonasi foydasiga ta’siri qanday baholanadi» – 10 avgust soat 9.30 va soat 14.30da.


 

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_