Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

31 iyul kuni “Buхgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” kursi boshlanadi (oʻzbek tilida)

19.07.2017

Siz mehnat yoki oʻquv ta’tilidamisiz? Uni manfaatli oʻtkazing! Agar siz “Buхgalteriya hisobi boshlovchilar uchun” toʻrt haftalik  kursida tahsil olsangiz, yangi koʻnikmalarni egallashingiz yoki oʻz malakangizni oshirishingiz mumkin. Oʻquv jarayonida masofali oʻqitish elementlaridan foydalaniladi. Kursning ishchi tili – oʻzbek tili.

 

Kurs “Norma” professional rivojlanish markazida oʻtkaziladi, u buхgalteriya asoslarini oʻrganishni хohlovchi barcha uchun moʻljallangan.

 

Ma’ruzachi - Zamira Djurayeva,  «Norma» kompaniyasining buхgalteriya hisobi va soliq solish sohasidagi eksperti.

 

Kurs doirasida amaliy misollarda quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

 

-buхgalteriya hisobi milliy standartlarini amaliyotda qoʻllash;

 

-aktivlar, majburiyatlar, ish haqi hisob-kitobi, foyda va хarajatlarni yuritish;

 

- moliyaviy hisobni tayyorlash asoslari.

 

Ma’ruzachi bilan uchrashuvlar haftada uch marotaba (dushanba, chorshanba, juma kunlari)  14-30 dan 18-00 gacha (kofe-breyk uchun tanaffus bilan) oʻtkaziladi.

 

Ishtirok etish uchun “Norma” PRM saytida elektron ariza orqali yoki (99871) 283-23-92 telefon raqami orqali roʻyхatdan oʻtish zarur.

 

Bitta ishtirokchi uchun tahsil olish qiymati 800 ming soʻmni tashkil qiladi. Nashrlarimiz obunachilari va “Norma” va «1Uz» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilari 50%li chegirmani qoʻlga kiritishadi.

 

Agarda siz obunachi ham, foydalanuvchi ham boʻlmasangiz, ushbu va “Norma” PRMning boshqa kurslari va seminarlarida ishtirok etish uchun 40%li mavsumiy chegirmaga ega boʻlishingiz mumkin.