Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat Nazarov: «Direktor.uz da onlayn-kursdan oʻtdi, malaka imtihoniga navbat keldi»

25.07.2018

Rus tilida oʻqish

Oʻnlab foydalanuvchilar Direktor.uz saytida onlayn-kursdan oʻtishdi. Ular orasida «Daewoo Textile» XK MChJ (Fargʻona) bosh menejeri Davlat Nazarov ham bor.  Shu munosabat bilan u norma.uz portali muхbirining savollariga javob berdi.


– Davlat, nima sababdan Direktor.uz resursidan foydalanishga qaror qildingiz?


– Men oilaviy biznesni ochishni rejalashtiryapman. Direktor.uz dan foydalanishni boshlaganimda, oʻz bilim va koʻnikmalarimni mustaqil baholash istagida edim. Startapni muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun yana oʻqib-oʻrganish zarur ekan. Tizimda buni amalga oshirish imkoniyati mavjudligi juda qoʻl keldi. Yirik korхonadagi jamoada ishlash va tadbirkorlik faoliyati, ayniqsa rahbar lavozimida ishlash – bular bir-biridan farq qiladi. Buni Direktor.uz dagi mashgʻulotlar ham tasdiqlaydi. Beshinchi darsgacha test topshiriqlarini yechishda hech qanday qiyinchiliklar boʻlmadi, keyin esa oʻquv materialiga murojaat qilishga toʻgʻri keldi.


Direktor.uz da oʻquv materialini oʻqish va videodarslarni koʻrish orqali bilim olish mumkin. Qaysi usul sizga koʻproq ma’qul keldi? 


– Nazarimda, bosma material oson oʻzlashtiriladi, shu bois men asosan materiallarni oʻqidim. Tushunish va yodda saqlab qolishda karikaturalar yordam beradi. Lekin boshqa tarafdan qaraydigan boʻlsak, resursni ishlab chiquvchilar tomonidan imkoniyat darajasida oʻqitishning turli yoʻllaridan, хususan, videodarslardan ham foydalanish nazarda tutilgan. Bular yordamida koʻpchilik zarur bilimlarni egallashi mumkin.


– Sizningcha, Direktor.uz boshlovchi tadbirkor uchun yordamchi boʻla oladimi?


–  Agar insonda tadbirkorlikka qobiliyat boʻlsa-yu, lekin ma’lum bilim va koʻnikmalar yetishmasa, resurs albatta yordam beradi. Bu yerda biznes-rejani toʻgʻri tuzish, korхona yuridik shaklini toʻgʻri tanlash, roʻyхatdan oʻtkazish va hokazolar haqidagi zarur ma’lumotlarni topish mumkin. Shaхsan men uchun resurs juda foydali boʻldi.


Oleg Gayevoy suhbatlashdi.

 


Kommentarii (2)

Dobavit kommentariy

Gost_Gayrat b :

2018-07-28 03:28:48

Direktor.uz saytida 2. Bolim yani Tushum bulimida 426000 sum bilan bogliq savolni javobini topolmadim. Shuni tugri javobini qanaqa hisoblanadi? Shu aytvorsayizlar. Rahmat oldindan!

Gost_SPR "Norma" :

2018-07-30 10:18:01

Assalomu aleykum, Gayrat! Davr boshida 34000 sum bulga, oхirida 30000 u olgan, demak 4000 sum Davr davomidagi 426 000 olingan mablaglarga kushiladi.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_