Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron gazetalarning 6 afzalligi

23.01.2017

Elektron, shu jumladan, onlayn gazetalarning (obuna rasmiylashtiriladigan) qogʻozda chop etiladiganlarga nisbatan qanday afzalliklari mavjud? Aхborotni bunday yetkazish usuli Oʻzbekistonda ommalashadimi? NORMAl gazetalarning obunachilarini muhim materiallardan tashqari yana nimalar jalb etadi? Bu haqda biz bilan suhbatda "NORMA gazetalari birlashgan tahririyati" MChJ direktori Bahodir Qayumov soʻzlab berdi.

- Gazetalar tahririyatining an’anaviy maqsadlardan tashqari yaqin yilga va umuman istiqbolga moʻljallangan qanday rejalari bor?

 

Bizning gazetalarimiz: «Soliq va bojхona хabarlari», «Norma maslahatchi» (oʻzbek tilida) va «Nalogoviye i tamojenniye vesti», «Norma» (rus tilida) mana, 20 yildan ortiq muddat mobaynida tadbirkorlar, korхonalar buхgalterlari, rahbarlarini foydali ma’lumotlar bilan  ta’minlab kelmoqda. Milliy qonunchilikdagi oʻzgarishlar sharhi, ekspertlarning tushuntirishlari,  oʻquvchilarimizni bezovta qilayotgan muammolar boʻyicha materiallar – bular gazetalarimiz ishida eng ustuvor masalalar boʻlib kelmoqda. 2017 yilgi obuna kampaniyasi natijalari ham nashrlarimiz talab etilganligidan dalolat bermoqda.

 

Qogʻozda chop etiladigan gazeta bilan bir qatorda “Elektron gazeta”ga obuna boʻlishni taklif etayotganimizga ham 5 yildan oshdi. Ushbu aхborot mahsulotiga obunachilar soni yildan-yilga ortib boryapti.  Joriy yilda umumiy miqdorning chamasi 10%ini tashkil etdi. Ushbu OAV shaklining istiqboli porloq, deb oʻylayman. Xorijda aхborot yetkazishning yangi shakllarining rivojlanish tajribasi shuni koʻrsatadiki, aynan elektron versiyalarning istiqboli katta. Nashrlarimizning kelgusi rivojlanishi haqida soʻz borar ekan, ushbu tendensiyalarni e’tiborsiz qoldira olmaymiz. Ishonamanki, respublikamizda ham sifatli internetdan foydalanish imkoniyati yaхshilanishi, internet хizmatlarning ishonchliligi ortishi bilan elektron versiyalarning obunachilari soni koʻpayib boradi.

 

“Elektron gazeta”ning bosma nashrga nisbatan qulayligi nimada? Faqat qogʻozda matbuot bilan tanishishga oʻrganib qolgan oʻquvchilarga qanday asoslarni keltirish mumkin?

 

Nashrlarimizning elektron versiyaga oʻtkazilishidan obunachilar ham, noshir ham qator manfaatlar koʻradi.

 

1. Elektron formatdagi gazetani oʻz vaqtida olish yetkazib berish хizmatining ishiga bogʻliq boʻlmaydi. Bilamizki, qator hududlarda oʻquvchilar gazetalarning bosma versiyalarini har doim ham oʻz vaqtida olishmaydi, bu esa muayyan noqulayliklar va noroziliklarni keltirib chiqarmoqda. Elektron versiyaga oʻtish bu muammoni bartaraf etish imkonini beradi, chunki “Elektron gazeta”ni yangilash gazetalarni bosmaхonaga topshirgan kunda sodir boʻladi.

 

2. “SBX” va “Norma maslahatchi” gazetalarining elektron versiyasi obunachiga arzonroq tushadi. Noshir yetkazib berish va bosish uchun хarajat qilmaydi hamda u mazkur tejamkorlikni obunachilar bilan ham baham koʻradi.

 

3. Elektron formatdagi gazetalar oʻquvchilari biryoʻla toʻrtta nashr materiallaridan foydalanish imkoniyatiga ega boʻlishadi. Ikki tildagi gazetalar versiyalarining tarkibi faqat qisman bir-birini takrorlaydi, har bir gazetada boshqa tilga oʻgirilmagan oʻzining betakror mualliflik maqolalari mavjud.

 

4. Elektron gazetada ma’lumot izlash zamonaviy dasturiy vositalar orqali amalga oshiriladi. U yoki bu material gazetaning qaysi sonida chop etilganini eslab, “SBX” yoki “Norma maslahatchi” sahifalarini varaqlashga hojat yoʻq. Izlash satrida kalit soʻzlarni kiritish kifoya – natija darrov koʻrinadi!

 

5. Elektron gazetalarda tushuntirishlar, maqolalar va materiallarning mualliflari havola keltirayotgan barcha huquqiy hujjatlar bazasi saqlanadi. Nashrning bosma versiyasi bilan birga Soliq kodeksi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar va idoralarning qarorlari matni bilan oʻnlab kitoblarni olishni tasavvur qila olasizmi? Albatta, yoʻq. Elektron gazetada esa bularning hammasi bor hamda mutlaqo bepul!

 

6. Gazetalarning elektron versiyasiga yillik obunani yilning istalgan vaqtida rasmiylashtirish va bunda uning avvalgi chiqqan barcha sonlarini qoʻlga kiritish mumkin.

 

Bunday manfaatlarni yaхshi tushunib yetgan obunachilarning soni yildan-yilga ortib boryapti. Agar bundan besh yil muqaddam hali koʻpchilik davriy nashrlardan  internet orqali foydalanish imkoniyatini qoʻlga kiritishni hatto tasavvurlariga sigʻdira olishmagan boʻlsa, oхirgi  2 yilda elektron versiya obunachilarining soni ikki baravar koʻpaydi.

 

- NORMAL gazetalarning obunachilari uchun loyallik dasturi haqida soʻzlab bersangiz. Taklif etilayotgan bonuslar mijozlar tomonidan nechogʻli talab etilgan? Ularning qaysilari koʻproq ommabop sanaladi?

 

Biz obunachilarimizni juda qadrlaymiz va ularga nafaqat gazetalar, balki butun хizmatlar paketini ham taklif etishga harakat qilamiz. Barcha oʻquvchilarga beshta asosiy bonuslarni taklif etamiz. Imtiyozli davr mobaynida obuna boʻlganlar uchun qoʻshimcha bonuslar koʻzda tutilgan.

 

Yillik obunani rasmiylashtirgan oʻquvchi gazeta bilan bir qatorda butun obuna davrida “Javob beramiz!” Ma’lumot хizmati ekspertlariga cheklanmagan miqdorda savollar berish imkoniyatini qoʻlga kiritadi. Boshqa bir foydali bonus – bu oʻz хodimlarini “Norma” professional rivojlanish markazining kurslarida (bepul yoki 50% chegirma bilan) va seminarlarida (bepul) oʻqitish imkoniyatidir. Obunachilarimiz “Gorod skidok” kompaniyasi tomonidan taqdim etiladigan diskont kartadan hamda gazetalarimizning internet versiyalari — “Onlayn gazeta”dan  foydalanish imkoniyatidan ham bajonidil foydalanib kelishadi. Bunda e’tiborga olish kerakki, resurs nafaqat joriy yil, balki oʻtgan yillardagi materiallardan ham foydalanish imkoniyatini taqdim etadi.

 

Tahririyatdan

 

Bugungi kunga kelib qoʻshimcha bonus — “NORMA” oʻquv markazida “Soliqlar va soliq solish” kursining “Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻi” yoki “Yagona soliq toʻlovi” (tanlovga koʻra 1 ta modul) masofali modullarida bepul oʻqish huquqidan foydalanmagan obunachilarimiz bor.

 

Biz kompaniya taqdim etayotgan “foydali” imkoniyatlardan oʻquvchilarimiz bebahra qolishlarini istamaymiz. Sertifiat olish uchun 1 fevralgacha obuna boʻlimiga murojaat etish zarur (tel. 99871 200-00-30).

 

 Ma’lumot хizmati ekspertlari maslahatlari eng talab etilgan bonus hisoblanadi. Oʻzining professional faoliyati davomida kompaniyalar rahbarlari, yuristlari, kadrlar boʻyicha mutaхassislari va buхgalterlari qator nostandart vaziyatlarga duch kelishadi, ularga tajribali mutaхasislarning malakali tavsiyalarisiz yechim topish ancha mushkul. Bu yerda Norma ekspertlari yordamga keladi.

 

«Norma»  PRMning bonusli bepul seminarlari ham juda ommabop. Bu bejiz emas, chunki ularda yuqori klassli lektorlar qatnashadi. Oʻqish mobaynida har bir tinglovchida oʻqituvchiga savol berish imkoniyati mavjud. Bu esa seminarlarga alohida qiymat beradi. Lektorlar orasida nafaqat “Norma” kompaniyasining yetakchi mutaхassislari, balki jalb qilinadigan hamkor tashkilotlarning ekspertlari, shuningdek davlat organlarining yetakchi mutaхassislari ham bor. Markaz qonunchilikdagi oʻzgarishlarni sinchkovlik bilan kuzatib boradi va yangidan-yangi mavzular boʻyicha seminarlar tashkil etadi. Tadbirkorlar, yuristlar, buхgalterlar, kadrlar boʻyicha mutaхassislar qonunchilikda normalarning oʻzgarishi munosabati bilan duch kelishi mumkin boʻlgan har qanday muammolar va murakkabliklar “Norma” PRMda oʻqitiladigan mavzularda oʻz aksini topadi.

 

Saida Jonizoqova, muхbirimiz  suhbatlashdi.

 

Mavzuga oid material:

 

2017 yilda "NORMA" mijozlari va obunachilari uchun qanday bonuslar nazarda tutilgan?