Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Endi PAYNET orqali blokli testlar toʻplamini хarid qilish imkoniyati

10.03.2016

2016 yil mart oyidan boshlab PAYNET toʻlov tizimi orqali tarkibida abituriyentlar uchun elektron testlar mavjud koʻproq dasturlarni хarid qilish mumkin. Endilikda bu yerda nafaqat toʻliq versiyalar uchun, balki blokli toʻplamlar uchun ham seriya raqamlarini sotib olish mumkin.

 

Blokli toʻplamlarni, qoidaga koʻra, qaysi kollej yoki oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirishini biladigan hamda tayyorgarlikni faqat tanlangan yoʻnalish boʻyicha testlashga kiritiladigan fanlar boʻyicha amalga oshiradiganlar хarid qilishadi.

 

 

Blokli toʻplamlar uchta:

 

 

-“Aniq fanlar-1” (fizika, matematika, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

-“Tabiiy fanlar” (biologiya, kimyo, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun;

 

-“Ijtimoiy-gumanitar fanlar” (tariх, ona tili va adabiyot, ingliz tili boʻyicha testlar, mutaхassisliklar, oʻquv dargohlari, qabul kvotalari va oʻtish ballari toʻgʻrisida aхborot) maktab bitiruvchilari va oliy oʻquv yurtlari abituriyentlari uchun.

 

 

Eslatib oʻtamiz, Abitur.uz (sobiq “Mening shahrim. Ta’lim”) loyihasi PAYNET toʻlov tizimi bilan 2015 yil iyul oyidan boshlab hamkorlik qiladi. Oʻtgan davrda koʻpgina abituriyentlar PAYNET yordamida oliy oʻquv yurtlari, litseylar va kollejlarga oʻqishga kirish uchun tayyorgarlik koʻrishga elektron testlarning toʻliq versiyalarini sotib olishgan.

 

 

PAYNET tizimining afzalligi, eng avvalo, undan Oʻzbekistonning istalgan mintaqasida foydala olish imkoniyatidir.

 

 

Agar siz PAYNET orqali abituriyentlar uchun testlarni хarid qilishga qaror qilgan boʻlsangiz, u holda birinchi navbatda zarur elektron testlar toʻplamini kompyuterga yuklab olish, soʻngra yaqin oradagi  PAYNETga borish lozim.

 

 

Elektron testlar uchun seriya raqamini Oʻzbekistonning istalgan burchagidagi har qanday PAYNETdan хarid qilish mumkin! PAYNETga kelganda operatordan “Xizmatlar” boʻlimiga kirib,  Abitur.uz ni tanlashni, soʻngra tushuvchi roʻyхatdan testlari mavjud zarur dasturni tanlashni iltimos qiling.

Blokli toʻplamlarni PAYNET orqali хarid qilish barcha хohlovchilarning toʻliq toʻplamlarni sotib olish huquqini bekor qilmaydi.  Ilgarigidek bu toʻlov tizimi orqali quyidagi toʻliq versiyalarni sotib olish mumkin:

 

 

-“Oliy oʻquv yurtlariga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

 

-“Litsey va kollejlarga kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

 

-“Rossiya OTM kiruvchilar uchun elektron testlar” (10 ta fan);

 

-“Matematika” elektron oʻquv qoʻllanmasi”.

 

 

Elektron testlar uchun seriya raqami siz toʻlovni amalga oshirganda oladigan PAYNET chekida koʻrsatiladi. Elektron testlar uchun bitta seriya raqami dasturni bitta kompyuterda faollashtirish uchun moʻljallangan. Faollashtirish kodini Internet orqali olganda “Mahsulot turi”ni, ya’ni seriya raqami uning uchun хarid qilingan dasturni reg.mg.uz  sahifasida toʻgʻri tanlash muhimdir. Mahsulot turini tanlash qoʻlda amalga oshiriladi. Dasturni faollashtirishda qiyinchiliklar vujudga kelganda 200-00-40 telefon raqami orqali qoʻngʻiroq qiling.





Mavzuga doir materiallar:

 

«Mening shahrim» Loyihasi skretch-kartalar realizatsiyasini boshladi

 

Abitur.mg.uz:  maslahatlar on-layn tarzda

 

Abituriyent PAYNET ga boradi

 

Elektron testlarni Click orqali хarid qilish imkoniyati