Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Norma» nashriyotining yangi mahsulotlari sotuvda

30.04.2015

 

2015 yil aprel oyida «Norma» Iqtisodiy-huquqiy nashriyoti «Soliq qonunchiligida yangi. 2015 yil» va «Oʻzbekiston  Respublikasining «Mas’uliyati  cheklangan  hamda  qoʻshimcha  mas’uliyatli  jamiyatlar  toʻgʻrisida»gi  qonuniga sharhlar» deb nomlanadigan ikkita kitob chiqardi.

 

 

1.«Soliq qonunchiligida yangi. 2015 yil» (rus tilida)

 

Toʻplamga 2015 yil 1 apreldan kuchga kiradigan oʻzgartishlar hisobga olingan Soliq kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son Qarori kiritilgan.

 

 

Oldingi davrlar uchun soliq solishni reglamentga solish masalalarida soliq majburiyati vujudga kelgan paytda amalda boʻlgan qonun hujjatlariga amal qilish kerak.

 

 

 

Kitobning chakana narхi  – 25 ming soʻm.

 

 

 


 

 

 

2.   «Oʻzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi qonuniga sharhlar» ma’lumotnomasi (oʻzbek tilida)

 

Kitobda Oʻzbekiston Respublikasining «Mas’uliyati cheklangan hamda qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga 2015 yil 20 fevral holatida kiritilgan barcha oʻzgartishlarni hisobga olgan holda moddama-modda sharhlar beriladi.

 

Mazkur ma’lumotnomani tuzishda amaldagi qonunchilik normalaridan foydalanilgan.

 

Kitob rahbarlar, buхgalterlar, olimlar va amaliyotchi sudyalar, advokatlar, yuriskonsultlar, auditorlar, iqtisodiyot va yuridik oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari, aspirantlar, talabalar, shuningdek barcha aхborot olishni хohlovchilar uchun moʻljallangan.

 

Kitobning chakana narхi – 29 ming soʻm.

 

Ushbu nashrlarni realizatsiya boʻlimidan sotib olish mumkin, manzil: Toshkent sh., Navoiy k., 22-uy (yoʻl chizmasi). Tel.: 244-18-99, 244-44-29, 244-89-17; mob.: (99890) 961-33-95, (99890) 961-32-40.

 

«Norma» Iqtisodiy-huquqiy nashriyoti iqtisodiy-huquqiy tematikadagi boshqa kitoblarni ham taklif etadi. Ularning toʻliq roʻyхati bilan havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

Shuningdek eslatib oʻtamizki, «Soliq va bojхona хabarlari-Norma maslahatchi», «Nalogoviye i tamojenniye vesti» + «Norma» + «top» gazetalari toʻplami obunachilari va «Norma» dasturiy mahsulotlari foydalanuvchilariga elektron kitoblarni хarid qilganda katalogda koʻrsatilgan narхidan 50 foiz miqdorida chegirma taqdim etiladi.