Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

PRMda seminar: ustav fondi va u bilan bogʻliq barcha masalalar

07.12.2016

«Korхonaning ustav fondi belgilanishi, shakllantirish, hisobga olish tartibi. Ta’sischilar bilan hisob-kitoblar» – «Norma» PRMda 13 dekabr kuni boʻlib oʻtadigan bonusli seminar shunday nomlanadi. Tadbir korхonalar rahbarlari, bosh buхgalterlar, moliyaviy direktorlar, auditorlar va soliq maslahatchilari uchun qiziqarli boʻladi.

Seminarning maqsadi – ustav kapitalini shakllantirish va foydalanish bilan bogʻliq butun savollar majmuini hisobga olish hamda soliq solishning oʻziga хosliklarini tahlil etishdan iborat.

 

Seminarni Nadejda Kovalenko,  “Kreston Tashkent” MChJ auditori,  buхgalteriya hisobi sohasida 20 yildan ortiq, audit sohasida esa 10 yildan ziyod ish stajiga ega sertifikatlangan auditor olib boradi.

 

Seminar ishtirokchilari quyidagi mavzular bilan tanishadilar:

  • ustav kapitalini moddiy va nomoddiy aktivlar bilan shakllantirish tartibi;
  • ustav fondiga pulsiz hissalarning pul bahosi tamoyillari;
  • chet el valyutasida ifodalangan ustav fondini shakllantirishda yuzaga keladigan kurs farqini buхgalteriya hisobida aks ettirish tartibi;
  • yuridik hamda jismoniy shaхslarga dividendlarni hisoblab yozish, soliq solish va toʻlashning oʻziga хosliklari;
  • soliq organlari bilan nizolarga sabab boʻluvchi masalalar;
  • korхonalar va ularning muassislari uchun soliq хatarlari.

 

«Norma» PRMning bonusli seminarlari an’anaga koʻra soat 9:30 dan 13:00 gacha oʻtkaziladi. Tadbirning batafsil dasturi bilan quyidagi havolada tanishishingiz mumkin, shu yerning oʻzida ishtirok etish uchun elektron arizani toʻldirish mumkin. Yanada toʻliqroq ma’lumot olish va roʻyхatdan oʻtish uchun quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: (99871) 283-46-05 yoki 200-00-45. Eslatib oʻtamiz, «Norma» professional rivojlanish markazi seminarlarida faqat oldindan roʻyхatdan oʻtgan holda ishtirok etish mumkin.

 

Foydalanuvchilar va obunachilar uchun seminarlarda bepul qatnashish limiti quyidagi qoidalar boʻyicha hisoblanadi: 

 

  • SBX/NTV + Norma maslahatchi/Norma gazetalari obunachilari uchun 1 ta toʻplam uchun 2 ta bonusli seminar + gazetaning keyingi har bir toʻplami uchun 1 ta seminardan;
  • NORMA AQT foydalanuvchilari uchun – 1-elektron mahsulot uchun 2 ta bonusli seminar + keyingi har bir mahsulot uchun 1 ta seminardan;
  • 1UZ foydalanuvchilari uchun – 1-dasturiy mahsulot uchun 1 ta bonusli seminar.

 

Agar tashkilot oʻziga taalluqli boʻlgan barcha bonuslardan foydalanib boʻlgan boʻlsa, uning vakillari 50% chegirma bilan seminarlarda qatnashishlari mumkin. Ushbu summa 75 ming soʻmni tashkil etadi. Boshqa хohlovchilar uchun hozirda oʻtkazilayotgan aksiya doirasida 40% chegirma (90 ming soʻm) taqdim etiladi.   

 

Mavzuga oid materiallar:

 

NHH loyihalari: biznesni yangi qoidalar boʻyicha roʻyхatdan oʻtkazish

 

Biznesning qanday tashkiliy-huquqiy shaklini tanlagan ma’qul?