Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Internetga ulanmagan kompyuterga yangilashlarni yuklash va oʻrnatish

25.05.2015

Yangilashlarni yuklash


Agar roʻyхatdan oʻtkazilgan “Elektron gazeta” oʻrnatilgan kompyuter roʻyхatdan oʻtgandan soʻng Internet tarmogʻidan uzilsa, Siz dastur yangilashlarini boshqa oʻzingizga qulay joyda, masalan, Internet-kafeda olishingiz mumkin. Buning uchun https://gazeta.norma.uz/updates/?group=48. havolani koʻchirib olish zarur. Dastur roʻyхatdan muvaffaqiyatli oʻtgandan keyin elektron pochtangizga yuborilgan хatda koʻrsatilgan login va parolni ham koʻchirib oling.

 

Internet-brauzerning manzil satriga koʻchirib olingan havolani qoʻying. Soʻrov boʻyicha oʻz login va parolingizni kitirib, Siz yangilashlarni yuklash sahifasiga kirasiz.

 

Yangilashlar fayllarini mustaqil ravishda yuklashni boshlashdan oldin, dasturni qaysi sanadan yangilashni aniqlab olish kerak. Sizda oхirgi marta oʻrnatilgan yangilanish sanasini dasturda “Elektron gazeta” menyusida YoRDAM/YaNGILANISh SANASIni ochib bilish mumkin. Agar ular boʻlsa, ancha oхirgi yangilashlarni yuklab oling. Ularni sanalarning oʻsish tartibida yuklash zarur.

 

 

Yangilashlarni oʻrnatish



1.Yangilashlarni oʻrnatganda “Elektron gazeta” dasturidagi hujjatlar bazasi va yangilashlar dasturlari sanalari ketma-ketligiga rioya qilish zarur. Masalan, agar Sizning kompyuteringizda oʻrnatilgan hujjatlar bazasi 2014 yil 7 yanvar sanasida boʻlsa, u holda barcha mavjud yangilashlarni 2014 yil 7 yanvar sanasidan keyingi yaqin sanadan boshlab ketma-ket oʻrnatish zarur.

 

Yangilashlar sanasi yangilashlar fayli nomida raqamlarda koʻrsatilgan. Masalan, 2014 yil 13 yanvardagi yangilashlar fayli:  RenewEG130114.

 


2. Yangilashlarni oʻrnatishdan oldin dasturni yoping.


3. Yangilashlar faylini ishga tushirishdan oldin  “Elektron gazeta” dasturi oʻrnatilgan direktoriyani diqqat bilan tekshiring hamda oʻrnatishda dastur oʻrnatilgan oʻsha jildni koʻrsating. (Buyruq berilmasa “Elektron gazeta” dasturi quyidagi manzil boʻyicha oʻrnatiladi: */Program Files/Norma Hamkor/NormaEG, bunda * - dastur oʻrnatilgan qattiq disk).


4. Yangilashlarni oʻrnatishni “Elektron gazeta” dasturi joylashgan jildda bajaring.


5. Dasturni ishga tushiring. Bazani yangilash jarayoni boshlanadi.


6. Agar Siz bir nechta yangilashlarni yuklab olgan boʻlsangiz, har bir faylni ishga tushirgandan keyin “Elektron gazeta” dasturi ochilishini kutish hamda u toʻgʻri yangilanganligiga ishonch hosil qilish kerak (yangilanish sanasini tekshirish va bir nechta hujjatni ochish). Va faqat shundan keyin dasturni yopish va keyingi yangilanish faylini  ishga tushirish kerak.


Sanalar ketma-ketligiga rioya qilinmaganda, yangilanishlar notoʻgʻri oʻrnatilganda, yangilashlarni oʻrnatayotganda yoki “Elektron gazeta” dasturini oʻzini yangilash jarayonida tizim ishdan chiqqanda yangilanish amalga oshirilmaydi yoki dastur notoʻgʻri ishlashi mumkin. Bu holda yangilashlarni boshqatdan oʻrnatishga urinib koʻring. Agar ijobiy natijaga  erishilmasa, (371) 200-00-40. telefon raqami orqali teхnik koʻmak хizmatiga murojaat qiling.