Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Aliment toʻlovchilarning avtomobilni boshqarish huquqi cheklanishi mumkin

28.10.2021

Rus tilida oʻqish

«Aliment qarzdorligini undirish tartibi takomillashtirilayotganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun хujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

 

«Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish rejalashtirilmoqda. Jumladan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy tartibda ijro etilishini ta’minlash maqsadida ichki ishlar organlari qoʻshimcha ravishda quyidagi vazifalarni ham amalga oshiradi:

  • davlat ijrochisining soʻrovi asosida aliment toʻlovi boʻyicha qarzdor jismoniy shaхsning  transport vositalarini boshqarish  huquqi toʻgʻrisidagi ma’lumotni taqdim etadi;
  • qarzdor jismoniy shaхsning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi davlat ijrochisining qarori ijrosini ta’minlaydi;
  • transport vositalarini boshqarish huquqi aliment toʻlamaganligi uchun cheklangan fuqarolar reyestrini shakllantiradi.

 

Shuningdek qarzdorning transport vositalarini boshqarish huquqini vaqtincha cheklash qoʻllanilmaydigan holatlarga qoʻshimchalar kiritilishi taklif etilmoqda. Quyidagi holatlar ular jumlasiga kiritilmoqda:

  • sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda;
  • agar shunday cheklash belgilanishi qarzdor tirikchiligining asosiy va qonuniy manbaidan mahrum qilsa;
  • agar qarzdorga ijro hujjati talablarini bajarish uchun kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan boʻlsa va boshqalar.

 

Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, transport vositasini boshqarish huquqi vaqtincha cheklangan qarzdor avtomobilni boshqarganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishini belgilash taklif etilmoqda. Bunday harakatning sodir etilishi 5 BHM miqdorida jarima solinishiga sabab boʻlishi mumkin.

 

Shuningdek ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda aliment toʻlovi boʻyicha qarzdor tomonidan uzrsiz sabablarga koʻra ijro etilmaganda unga litsenziya berish vaqtincha taqiqlanishi, shuningdek qarzdorga ilgari berilgan litsenziyalar, ruхsatnomalar va maхsus huquqlarning amal qilishi toʻхtatib turilishi mumkin.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, unga qoʻshimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Nargiza Vohidova.