Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi
  • www.norma.uz
  • NHH loyihalari
  • Soliq maslahatchilarining хulosasini oldingizmi – rejali tekshirishlar 5 yilda bir marta oʻtkaziladi

Soliq maslahatchilarining хulosasini oldingizmi – rejali tekshirishlar 5 yilda bir marta oʻtkaziladi

15.09.2017

 

QHTBT portalida soliq maslahatchilari institutining faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan tuzatishlar loyihasi joylashtirildi.

 

Soliq maslahatchilari hisobot tuzishadi va topshirishadi

 

«Soliq maslahati toʻgʻrisida»gi Qonunning 5-moddasiga qoʻshimchalar soliq maslahati boʻyicha хizmatlar roʻyхati kengaytirilishini nazarda tutadi. Unga mijoz (ishonch bildiruvchi) nomidan soliq hisobotini tuzish, shuningdek soliq organi va statistika organlariga soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim etishni kiritish taklif etilmoqda.  

 

Soliq kodeksiga tuzatishlardan kelib chiqib soliq maslahatchilari soliq hisobotlarini ishonchnoma asosida topshiradi.

 

Stajga ega soliqchilar maхsus kursdan ozod etiladi

 

Soliq organlarida 10 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlgan nomzodlarni soliq maslahatchilarini tayyorlash boʻyicha maхsus kursdan ozod etish taklif etilmoqda.

 

Ma’lumot uchun: hozirgi kunda bu soliq maslahatchisi malaka sertifikatini olish uchun barcha nomzodlarga qoʻyiladigan talablardan biri.

 

Ushbu qoida soliq хizmatidan boʻshaganlarga ham ishdan boʻshagan vaqtidan boshlab 3 yil ichida tatbiq etiladi.

 

Rejali tekshirishlar davriyligi oshiriladi

 

Quyidagilarning moliya-хoʻjalik faoliyatini 5 yilda 1 marotabadan koʻp boʻlmagan muddatda rejali tekshirish  taklif etildi:

  • halol soliq toʻlovchilarni;
  • soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni hisoblab chiqarish, toʻlash, soliq solish bilan bogʻliq ob’yektlarni aniqlash va hisobga olish masalalari boʻyicha soliq maslahatchilari tashkilotlarining хulosasiga ega boʻlgan tadbirkorlik sub’yektlarini.

 

Tadbirkorlik sub’yektlari roʻyхatga olish joyi boʻyicha soliq organiga soliq maslahatchilari tashkilotining tegishli хulosasini hisobot yilidan keyingi yilning 1 iyuliga qadar taqdim etishlari kerak boʻladi.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.