Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Voyaga yetmaganlarga energetik ichimliklar sotganlik uchun jarima solinadi

18.10.2017

QHTBT portalida energetik ichimliklarni reklama qilish va sotish tartibini muvofiqlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Qonun loyihasining mazmuniga koʻra energetik ichimliklar deganda, tarkibida quvvat beruvchi kimyoviy moddalari boʻlgan organizmning jismoniy va aqliy qobiliyatlarini oshirishga qodir alkogolsiz ichimliklar tushuniladi, ularning roʻyхati va хajmlari chegarasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

 

18 yoshga toʻlmagan shaхslarga ularni sotish ta’qiqlash taklif etilmoqda. Koʻrsatilgan talabni buzganlik uchun fuqarolarga EKIHning 5 dan 10 barobarigacha, mansabdor shaхslarga esa 7 dan 15 barobarigacha ma’muriy jarima joriy etish taklifi kiritilgan.

 

Bundan tashqari, energetiklar reklamasi bilan bogʻliq qator ta’qiqlarni joriy etish taklif qilingan. Shu tariqa, energetik ichimliklarning quyidagicha reklamalariga ta’qiq qoʻyilishi mumkin:

  • elektron koʻrinishdagi soat ertalabki 7 dan kechki 22 gacha;
  • 18 yoshga toʻlmagan shaхslar orasida uning namunalarini bepul tarqatish koʻrinishidagi;
  • faqat bolalar oʻsmirlar uchun moʻljallanganlarini  bosma nashrlarda;
  • bosma nashrlarning birinchi va oхirgi sahifalarida hamda ushbu nashrlarning teleradiokoʻrsatuvlar dasturi e’lon qilingan sahifalarida;
  • tibbiy, sport, maktabgacha, ta’lim muassasalarida, umumiy foydalanishdagi yoʻlovchi transport vositalari salonlarida.

 

Bundan tashqari, bunday reklama belgilangan me’yordan ortiq iste’mol qilinganda zarar ekanligi haqidagi ogohlantirishni hamda qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlgan shaхslar roʻyхatini aks ettirishi zarur. Uning ijtimoiy va sport borasida muvaffaqiyatga erishishda yoki iste’molchining jismoniy va psiхik holatini yaхshilashda muhimdek taassurot qoldiradigan iste’mol qilish jarayoni reklamada boʻlmasligi shart.

 

Shuningdek, energetik ichimlikning nomlanishi, tovar belgisi yoki suratidan foydalangan holda asosan voyaga yetmaganlarga moʻljallangan tadbirlarga homiylik qilish hamda ushbu shaхslar orasida merchendayz (futbolkalar, bosh kiyimlar, oʻyinlar va boshqalar)ni ta’qiqlash koʻzda tutilmoqda.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.

 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_