Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Sakkizinchi yalpi majlisda Senat 15 ta masalani koʻrib chiqadi

12.12.2016

Toshkent shahrida 2016 yil 10 dekabr kuni Senat raisi Nigʻmatilla  Yoʻldoshev boshchiligida boʻlib oʻtgan parlament yuqori palatasi Kengashining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining sakkizinchi yalpi majlisini joriy  yilning 13 dekabrida  chaqirish toʻgʻrisida Qaror qabul  qilindi.

Yalpi majlisning kun tartibiga 15 ta masala (shu jumladan 5 ta qonun) muhokamaga qoʻyilmoqda: 

 

  • Oʻzbekiston Respublikasining 2017 yilgi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlari, shuningdek, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida;

     

  • “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;

 

  • “Soliq va byudjet siyosatining 2017 yilga moʻljallangan asosiy yoʻnalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida;

 

  • “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, хususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaхshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni haqida.

     

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish nazarda tutilmoqda.

 

Oliy Majlis yuqori palatasi qoʻmitalarining va Devonining sakkizinchi yalpi majlisga tayyorgarlik koʻrish hamda uni oʻtkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan Senat raisining oʻrinbosari Svetlana Ortiqova boshchiligida ishchi guruhi tuzildi.

 

Kengash majlisida Senat a’zolaridan tashqari tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari hamda ayrim fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va OAV ishtirok etishdi.

 

Ma’ruf USMANOV

 

Mavzuga oid materiallar:

 

Oliy Majlis Senatining yettinchi yalpi majlisi 2016 yil 12-13 oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi

 

Senatning oltinchi yalpi majlisi joriy yilning 24−25 avgust kunlari mamlakat poytaхtida boʻlib oʻtadi

 

Senatda dolzarb masala muhokama qilindi