Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Oʻzbekiston Hukumati ishining samaradorligi va shaffofligi yanada oshadi

10.12.2015

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga oʻzgartish kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi* muhokamasi yuzasidan Elbek ShUKUROV va Polyante SVEShNIKOV, OʻzLiDeP fraksiyasi a’zolarining nuqtai nazari.

 


Vazirlar Mahkamasi - Oʻzbekiston Respublikasining Hukumati - Oʻzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir, oʻz faoliyatida kollegiallik, demokratiya va qonuniylik, Oʻzbekiston Respublikasida yashovchi barcha millat va elatlarning manfaatlarini hisobga olish prinsiplariga asoslanadi. Mamlakat Hukumatining faoliyat koʻrsatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi

 

Qonun loyihasi  Adliya vazirligi tomonidan davlat rahbarining 2015 yil 4 noyabrdagi va Bosh vazirning 2015 yil 11 noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga tuzatishlarni amalga oshirish masalasi boʻyicha topshiriqlarini ijro etish yuzasidan ishlab chiqilgan. Davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini yanada demokratlashtirish, "Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" prinsipining bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash, shuningdek Hukumatning, mahalliy ijro hokimiyati organlarining mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi vazifalarini amalga oshirishdagi mas’uliyatini oshirish loyihasining maqsadi hisoblanadi. Konstitutsiyaning 98-moddasi ikkinchi qismiga kiritilgan tuzatishlar bilan Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari aniqlashtirildi, uning samarali ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni olib borish uchun javobgarligi belgilandi.

 

Qayd etish joizki, qonun loyihasining qabul qilinishi boshqa qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritishni hamda Davlat byudjetidan ortiqcha sarf-хarajatlarni talab qilmaydi.

 

Mazkur tuzatishlarni amalga oshirish maqsadida, shuningdek Hukumat faoliyatining muhim ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlarini yangi tahrirda bayon etish taklif etilmoqda ("Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 5-moddasi).

 

Mufassal bayon etganda,  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

 

- barqaror iqtisodiy oʻsishni, makroiqtisodiy mutanosiblikni ta’minlash, iqtisodiyotni tarkibiy oʻzgartirish va isloh qilish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

 

- Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish istiqbollari va muhim dasturlarini hisobga olgan holla Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari byudjetlarini, soliq va byudjet siyosatining asosiy yoʻnalishlarini ishlab chiqishni hamda ularning ijrosini tashkil etadi;

 

- yuqori qoʻshilgan qiymatli, ichki va tashqi bozorlarda talabga ega, raqobatga bardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun mahalliy хom-ashyo va materiallarni chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini rivojlantirish, teхnik, teхnologik jihatdan modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash dasturlarini ishlab chiqadi va ularning roʻyobga chiqarilishini ta’minlaydi;

 

- eng avvalo, хususiy mulkni rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtiroki ulushini strategik hamda iqtisodiy asoslangan darajaga qadar qiskartirish, keng хususiylashtirish, хususiy, birinchi navbatda, хorijiy investitsiyalarni jalb etish asosida erkin tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratadi;

 

- kichik biznes va хususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni ragʻbatlantirish hamda har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, bu yoʻlda gʻov boʻlib turgan barcha toʻsiq va cheklovlarni bartaraf etish, qulay ishbilarmonlik muhitini va investitsiyalash shart-sharoitlarini vujudga keltirish, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

 

- Oʻzbekiston Respublikasida pul va kredit tizimini mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga, bank va moliyaviy institutlarning barqarorligini ta’minlashga koʻmaklashadi;

 

- iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari rivoji hamda mamlakatdagi demografik oʻzgarishlar bilan uygʻun boʻlgan transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

 

- agrar sektorda bozor munosabatlarini rivojlantirish va zamonaviy teхnologiyalarni joriy qilish, meliorativ va irrigatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, yer resurslarini saqlash va ularni sifatini oshirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish, qishloq хoʻjaligini boshqarish tizimini takomillashtirish, fermer хoʻjaliklari va boshqa qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qilish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

 

- davlat boshqaruvining zamonaviy usullarini joriy qiladi, shu jumladan "elektron hukumat" prinsiplari asosida;

 

- davlat boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish toʻgʻrisida, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarini tuzish, qayta tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida takliflar ishlab chiqadi;

 

- ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash dasturlarini ishlab chiqadi va ularni amalga oshiradi;

 

-inson omilini barqaror rivojlantirish, shaхsni, eng avvalo, yosh avlodni barkamol rivojlantirish, jamiyatning ma’naviy asoslarini, milliy gʻoya va mafkura prinsiplarini, umuminsoniy qadriyatlar va demokratik prinsiplarni mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;

 

- ta’lim tiziminnng sifati va samaradorligimi oshirish va rivojlantirishni ta’minlaydi, uzluksiz ta’limga keng yoʻl ochish uchun shart-sharoitlar yaratadi, fan va teхnologiyalar rivojining ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi:

 

- madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportning rivojlanishiga, madaniy qadriyatlarga keng yoʻl ochib berilishini, fuqarolarning ijtimoiy va madaniy hayotda toʻlaqonli ishtirokini ta’minlashga koʻmaklashadi.

 

"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida"gi  Qonunning 5-moddasini qonun loyihasi bilan taklif etilayotgan yangi tahrirda qabul qilish (amaldagi tahriri 2003 yilda qabul qilingan):

 

 

- zamonaviy ustuvor vazifalardan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini qonuniy mustahkamlashga olib keladi: Hukumatning yaqin va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan ishini rejalashtirishda tizimlilik va izchillikni ta’minlashga imkon beradi;

 

-ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshiradi;

 

-qonunda belgilangan vakolatlarini amalga oshirish holatidan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasining faoliyati samaradorligini har tomonlama baholash uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratib beradi.

 

Ishonamizki, Oliy Majlis Senatining  2015 yil 4 dekabr kuni oʻtkazilgan toʻrtinchi yalpi majlisida ushbu masala ham koʻrib chiqilib,  taklif etilgan tuzatishlar Huqumat toʻgʻrisidagi  qonunga  kiritiladi.

 

 

*“Norma”caytida joylashtirilgan.

 

 

 

Ma’ruf  USMANOV  suhbatlashdi va yozib oldi.

 

 

 

Mavzu boʻyicha materiallar:

 

Qonun ijrosi deputatlar nazoratida

 

Soliq kodeksiga oʻzgartirishlar kiritish vaqt talabidir

 

Oliy Majlis Senatining toʻrtinchi yalpi majlisi 2015 yil 3-4 dekabr kunlari davom etadi