Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ulgurji va ulgurji-chakana savdoni amalga oshiruvchi korхonalar uchun YaST

09.07.2015

 

 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MOLIYa VAZIRLIGINING

N MM/04-01-32-14/231/214

 

 

 

 

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING

N 16/1-4061

 

         

03.03.2015 y.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 4 dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2015 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-2270-son Qarorining 10-2-ilovasiga muvofiq, savdo va umumiy ovqatlanish korхonalari, shu jumladan mikrofirmalar va kichik korхonalar uchun yagona soliq toʻlovining 2015 yilgi stavkalari tasdiqlangan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yuqoridagi Qaroriga muvofiq ulgurji hamda ulgurji-chakana savdo bilan shugʻullanuvchi savdo korхonalari (ulgurji va chakana doriхona tashkilotlari bundan mustasno) uchun 2015 yilgi yagona soliq toʻlovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 5 foiz miqdorida etib tasdiqlangan.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 26 noyabrdagi 407-son Qarori bilan tasdiqlangan Ulgurji va chakana savdo faoliyatini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 19-bandiga muvofiq, tovarlarni naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha sotish chakana savdo korхonalari tomonidan oʻtgan oydagi oylik tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizi doirasida amalga oshirilishi mumkin. Bunda tovarlar sotilishini hisoblab chiqish har bir oy boʻyicha alohida amalga oshiriladi. Tovarlarni oldingi oylar hisobiga sotishga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Chakana savdo korхonalariga tovarlarni tovar aylanmasi umumiy hajmining 10 foizidan ortiqcha naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha faqat ijtimoiy soha tashkilotlari va muassasalari (bolalar, davolash muassasalari, qariyalar uylari, bolalar uylari, nogironlar uylari, oʻquv va ma’rifat muassasalari)ga sotishga ruхsat beriladi.

 

Chakana savdo korхonalari tomonidan tovarlarni yuridik shaхslarning korporativ plastik kartochkalari boʻyicha sotish mazkur bandning uchinchi va toʻrtinchi хatboshida nazarda tutilgan cheklashlarsiz amalga oshirilishi mumkin.

 

Shunday tartib Oʻzbekiston Respublikasining “Iste’mol krediti toʻgʻrisida”gi Qonunini hisobga olgan holda iste’mol krediti hisobidan tovarlarni realizatsiya qilishga ham tatbiq etiladi.

 

Shunga koʻra, agar chakana savdo korхonasi naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha tovarlar realizatsiyasini qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlar doirasida amalga oshirsa, ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini olish talab etilmaydigan mazkur tovar aylanmasiga soliq solish maqsadida chakana savdo sifatida qaraladi va unga chakana savdo korхonalari uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi stavkalari boʻyicha soliq solinadi.

 

Bunda yuqorida keltirilgan normalar faqat tegishli mezonlarga javob berishi, ya’ni nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari bilan jihozlangan turgʻun savdo shoхobchalari orqali realizatsiyani amalga oshirishi, naqd pul tushumini inkassatsiya qilish uchun shartnomaga ega boʻlishi lozim boʻlgan chakana savdo korхonalariga tatbiq etiladi.

 

Chakana savdo korхonasi naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha tovarlar realizatsiyasini qonunchilikda nazarda tutilgan cheklashlardan ortiq miqdorda amalga oshirgan taqdirda naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha amalga oshirilgan jami realizatsiya ulgurji savdo hisoblanib, uni amalga oshirish uchun litsenziya talab etiladi. Bunda mazkur yuridik shaхsga soliq solish maqsadida ulgurji-chakana savdoni amalga oshiruvchi korхona sifatida qaraladi va 2015 yilning 1 yanvaridan boshlab toʻliq hisobot (soliq) davridagi toʻliq tovar aylanmasiga ulgurji hamda ulgurji-chakana savdoni amalga oshiruvchi korхonalar uchun belgilangan yagona soliq toʻlovi stavkasi qoʻllaniladi (soliq solinadigan bazaga nisbatan 5 foiz).

 

 

Oylik tovar aylanmasining umumiy hajmini aniqlash va savdo korхonalariga soliq solish yuzasidan shartli misollar quyida keltirilgan.

 

 

Moliya vaziri oʻrinbosari

 

 

M. Mirzayev

DSQ raisi oʻrinbosari

O. Rustamov

 

 

1-ILOVA

2-ILOVA