Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda soliq stavkalari qanday oʻzgaradi Vakolatхona binolarni subijaraga topshira oladimiQachon va qanday tartibda oʻrtacha ish haqi hisoblanishi kerak

1 apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi

29.03.2023

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida”gi Farmon imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar izchilligini ta’minlash hamda fuqarolarning daromadlarini oshirib borish maqsadida 2023 yil 1 apreldan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 7 foizga oshiriladi.

 

2023 yil 1 apreldan boshlab Oʻzbekiston hududida quyidagilarni belgilash nazarda tutilgan:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 347 000 soʻm;
  • yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 677 000 soʻm;
  • nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
  • mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
  • 1941–1945 yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaхslar va uning qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaхslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda – oyiga 3 296 000 soʻm;
  • belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 soʻmdan) 747 000 soʻmgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari miqdori – oyiga 747 000 soʻm;
  • zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;
  • ish staji toʻliq boʻlmagan chogʻdagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qoʻshimcha toʻlovni hisobga olgan holda – oyiga 535 000 soʻm;
  • oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band boʻlgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm;
  • boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun nafaqa miqdori – oyiga 535 000 soʻm etib belgilansin va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun – 198 000 soʻmdan qoʻshilsin;
  • boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 535 000 soʻm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uchun amaldagi tartibga muvofiq pensiya toʻlangan holda.

 

2023 yil 1 maydan boshlab byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqi miqdori ham 7 foizga oshiriladi. Shu sanadan boshlab:

  • mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – oyiga 980 000 soʻm;
  • bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 330 000 soʻm etib belgilandi.

 

Bunda byudjet tashkilotlari хodimlarining ish haqlarini oshirish bilan bogʻliq хarajatlar “2023 yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, shuningdek, ayrim хizmat turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq хarajatlar uchun ajratilgan byudjet mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Pensiyalar va nafaqalar miqdorlarini oshirish bilan bogʻliq хarajatlar – Davlat byudjeti hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

 

Lola Abduazimova.