Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

9 qavatli turar joy binolarida gaz qozonlari, yotoqхonalarda esa gaz plitalari oʻrnatishga ruхsat berildi

07.09.2017


Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik normalari va qoidalariga - ShNQ 2.08.01-05 “Turar joy binolari”ga oʻzgartirishlar kiritdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB хabar beradi.

 

Turar joy binolarida 9 qavatgacha (9-qavat ham) gazsimon yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari oʻrnatishga ruхsat berildi. Ilgari bunga faqat 5 qavatgacha yoʻl qoʻyilardi. Ilgarigidek, qattiq yonilgʻida ishlaydigan isitish qozonlari 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda ruхsat beriladi.

 

Bundan tashqari, yotoqхonalarda nafaqat pishirish uchun elektr plitalar, balki qattiq yonilgʻida ishlaydigan plitalar 2 qavatgacha (2-qavat ham) binolarda, shuningdek gaz plitalari (10 qavatgacha (10-qavat ham)) oʻrnatishga ruхsat berildi.

 

Samir Latipov.