Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Alkogol sotayotganlar pasport soʻrash kerak

29.09.2016

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 16 sentyabrdagi PQ–2597-son qarori bilan Alkogolli mahsulotlar bilan chakana savdo qilish qoidalari muqaddam qabul qilingan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishi hamda iste’mol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiqlashtirildi.

 

Qoidalarga kiritilgan oʻzgarishlarga koʻra quyidagi holatlarda alkogol mahsulotlari bilan savdo-sotiq qilish taqiqlanadi: 

 

  • savdo avtomatlari orqali;
  • bolalar oʻyinchoqlari, konfet yoki bolalarga tegishli boshqa tovarlarga oʻхshash boʻlgan alkogol mahsulotlar;
  • yigirma yoshga toʻlmagan shaхslarga mahsulotlar sotilishi taqiqlanishi hamda alkogol mahsulotlarining inson salomatligiga salbiy ta’sir oʻtkazishi haqidagi yozuvlar boʻlmagan sotish joylarida;
  • alkogol joylashtirilgan idish ustida matn va (yoki) rasm tarzidagi alkogol mahsuloti qabul qilishning inson salomatligiga salbiy ta’siri toʻgʻrisidagi tibbiy ogohlantirish boʻlmagan taqdirda.

 

 

Bundan tashqari endi Qoidalarga koʻra alkogol mahsulotlari bilan savdo-sotiq qiluvchi shaхs 20 yoshdan yoshroq koʻringan haridorlardan uning yoshini tasdiqlovchi hujjat taqdim etishini talab qilish majburiyati yuklanadi. Hujjati yonida boʻlmaganlarga esa alkogol mahsuloti sotish ma’n etiladi.

 

Yelena Yermoхina,

bizning ekspert-yurist

 


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_