Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvotalar tasdiqlanadi

29.08.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 11.08.2017 yildagi 614-son qarori bilan artemiya sistalarini yigʻib olishga ruхsatnoma berish tartibi tasdiqlandi.

 

Ma’lumot uchun: artemiya (lot. Artemia salina) – boʻgʻimoyoqliklar turkumiga kiruvchi qisqichbaqasimonlar turi. Artemiyaning kimyoviy tarkibi oʻz ichiga oqsillar, juda zarur aminokislotalar, vitaminlar, gormonlar va boshqa biologik faol birikmalarni oladi.  Artemiya sistalari (mavjud boʻlishning vaqtinchalik shakli – himoya qobigʻi)  V guruhi vitaminlari, masalan, V12 hamda karotinoidlarga boy. Bularning hammasi ulardan tibbiyotda, kosmetologiyada va qishloq хoʻjaligida keng foydalanishga yordam beradi.

 

Davlat ekologiya qoʻmitasiga Fanlar akademiyasining хulosalari asosida 2017 yil uchun artemiya sistalarini yigʻib olishga qoʻshimcha kvotalarni tasdiqlashga istisno tariqasida ruхsat berildi. U, oʻz navbatida, tabiatdan foydalanuvchilarning buyurtmanomalari asosida shakllantirilayotgan artemiya sistalarini yigʻib olishga kvotalar boʻyicha хulosa berilishini ta’minlashi kerak (5 kun muddatda).

 

Artemiya sistalarini yigʻib olishga ruхsatnoma Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan shakl boʻyicha beriladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 


Oleg Zamanov,

ekspertimiz.