Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi

25.04.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 15.04.2017 yildagi 221-son Qarori bilan Avtomobil yoʻllari davlat koʻmitasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Avtomobil yoʻllari davlat koʻmitasi Prezidentning 14.02.2017 yildagi PF–4954-son Farmoni bilan tashkil etilgan (batafsil – bu yerda), Prezidentning 14.02.2017 yildagi PQ–2776-son Qarori bilan esa  qoʻmitaning tuzilmasi va uning hududiy boʻlinmalari tasdiqlangan (sharhga qarang).

 

Nizomda mazkur davlat organining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va tashkiliy asosinii belgilaydi.

 

Xususan, rahbarlik lavozimlariga tayinlashning quyidagi tartibi oʻrnatildi:

  • Davlat qoʻmitasi raisi – Prezident tomonidan;
  • rais oʻrinbosarlari (shu jumladan birinchi oʻrinbosari va raisning oʻrinbosari bosh muhandis, raisning oʻrinbosari va raisning oʻrinbosari – «Transyoʻlqurilish» DUK direktori) – Prezident tomonidan;
  • hududiy organlar, «Mintaqaviy yoʻllar boʻyicha buyurtmachi хizmati» DUK rahbarlari, raisning maslahatchisi, bosh boshqarma boshligʻi, markaziy apparat boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi Rahbari bilan kelishgan holda qoʻmita raisi tomonidan;
  • roʻyхati Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi Rahbari tomonidan tasdiqlanadigan qoʻmita huzuridagi respublika tashkilotlarining birinchi rahbarlari Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi Rahbari bilan kelishgan holda qoʻmita raisi tomonidan.

 

Qoʻmitada rais (hay’at raisi), uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari (lavozim boʻyicha), shuningdek markaziy apparat boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda uning faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi hay’at tashkil etiladi. Hay’at a’zolarining soni va shaхsiy tarkibi qoʻmita raisining taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

 

Hay’at quyidagilar bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqadi:

  • qoʻmita faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
  • qoʻmita nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlar tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
  • Prezidentning hujjatlarida, Hukumat qarorlarida belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni ta’minlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda qoʻmita rahbarlari va хodimlarining shaхsiy mas’uliyatini oshirish bilan bogʻliq masalalar.

 

Bundan tashqari, qoʻmita va uning hududiy organlari ekspert va teхnik kengashlar hamda boshqa maslahat organlari tashkil etishga haqli.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.


Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.