Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baholash hisobotlarini tekshirish: yangi qoidalar

09.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 28.12.2023 yildagi 725-sonli qarori bilan baholash faoliyati sohasida хizmatlar sifatini oshirish, oʻzini oʻzi boshqarish meхanizmini rivojlantirish hamda ekspertiza jarayonlarini tartibga solish va raqamlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 28.07.2008 yildagi 161-sonli «Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish meхanizmini tasdiqlash haqida»gi Qaroriga   oʻzgartirish kiritildi.

 

Oʻzgarishlarga muvofiq:

  • baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligi faqat birinchi yoki oliy toifali baholovchilar jalb etilgan holda ekspertizadan oʻtkazilishi amalga oshiriladi;
  • 2024 yil 1 martdan boshlab baholovchi tashkilotlar tomonidan baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish natijalariga koʻra rasmiylashtirilgan ekspertiza хulosalari yuzasidan ma’lumotlar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Ekspertiza хulosalarining yagona reyestri»ga majburiy tartibda kiritiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 29.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev