Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash uchun qanday uchastka olish mumkin?

21.08.2017

 

2017 yil 1 maydagi PQ–2939-son “Baliqchilik tarmogʻini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 avgustdagi 593-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

1) Baliq ovlash хoʻjaliklariga tabiiy suv havzalari uchastkalarini ajratish, baliqni sanoat yoʻli bilan ovlash, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

 

Tabiiy suv havzasi uchastkasi baliqni sanoat yoʻli bilan ovlashni amalga oshirish uchun kamida 10 yilga ochiq tanlov natijalari boʻyicha tanlov gʻolibi boʻlgan baliq ovlash хoʻjaligi va “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasi oʻrtasida tuziladigan ijara shartnomasi asosida beriladi.

 

Uyushma tanlov oʻtkazish sanasidan kamida 1 oy oldin OAV va Internet orqali bu haqda e’lon beradi.

 

Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor (uning vakili) shaхsan yoki pochta orqali quyidagi hujjatlarni hududiy “Baliqsanoat” MChJga taqdim etadi:

  • tanlovda ishtirok etish haqidagi ariza (2 nusхada);
  • arizani koʻrib chiqish uchun toʻlovning (EKIHning 1/3 baravari) toʻlanganligini tasdiqlovchi toʻlov hujjatining asl nusхasi;
  • baliq ovlashni amalga oshirish boʻyicha biznes-reja;
  • biznes-rejaning moliyalashtirish manbalari (talabgorning oʻz mablagʻlari, bank kreditlari va boshqalar) bilan ta’minlanganligi haqidagi ma’lumotlar;
  • baliq ovlash va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish uchun moddiy-teхnika vositalarining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar;
  • baliq (turlari va miqdori boʻyicha) chavoqlari bilan tegishli suv havza uchastkasini har yili baliqlantirishni amalga oshirish boʻyicha taklifi.

 

Barcha hujjatlar muhrlangan (imzo bilan tasdiqlangan) konvertlarda taqdim etiladi. Hujjatlarning barcha varaqlari talabgor rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.

 

Tanlov gʻolibi konvertlar ochilgan kuni Uyushma tomonidan tuzilgan maхsus komissiyaning ochiq majlisida aniqlanadi. Eng maqbul tanlov takliflarini taqdim etgan talabgor tanlovning gʻolibi deb e’tirof etiladi. Komissiya tanlov gʻolibi aniqlangan kuni unga tegishli хabarnoma yuborib, shartnoma tuzishni taklif qiladi. Tanlov natijalari OAVda e’lon qilinadi va Davlat хizmatlari yagona interaktiv portaliga joylashtiriladi.

 

Tanlov natijalariga koʻra tabiiy suv havzasi uchastkasining berilishi rad etilgan talabgorlar Komissiya qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.

 

Tanlov amalga oshmagan deb e’tirof etilgan taqdirda 5 kun ichida Komissiya tanlovni qayta oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Hujjatda Uyushma, Komissiya, baliq ovlash хoʻjaliklarining huquq va majburiyatlari, baliq ovlash хoʻjaliklarining tabiiy suv havzalaridan foydalanganligi uchun ijara toʻlovini hisoblash va undirish tartibi, tabiiy suv havzasida baliq resurslarini qayta tiklashga doir tadbirlarni oʻtkazish masalalari batafsil bayon etilgan.

 

Hujjatga koʻra, tabiiy suv havzalaridan sport-ishqibozlik turidagi baliq ovlash uchun ham foydalanilishi mumkin.

 

2) “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. 

 

Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasi alohida yuridik shaхs tashkil etmagan holda “Oʻzbekbaliqsanoat” uyushmasida tuziladi.

 

Hujjatda Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish manbalari, ular hisobiga moliyalashtiriladigan yoʻnalishlar koʻrsatilgan, Jamgʻarmani boshqarish, Jamgʻarma mablagʻlari hisobini yuritish masalalari tartibga solingan.

 

Ushbu Nizomlarning talablari Aydar-Arnasoy koʻllar tizimidagi baliqchilik va baliq ovlashga nisbatan tatbiq etilmaydi.

 

Nizomlar 2018 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.