Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Boshqa hududdan kelganlar va chet elliklar Toshkentda uy-joy sotib olishlari mumkin boʻladi

26.01.2017

Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi portalida Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan “Inson manfaatlari va хalq bilan muloqot yili” Davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi. Boshqa hududdan kelganlar va chet elliklarga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida kvartira yoki uylar sotib olish imkoniyatini taqdim etish taklif qilinmoqda (Davlat dasturi loyihasining 79-bandi).

Unga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari yangi qurilgan uy-joyni sotib olishlari (birlamchi bozorda) mumkin boʻladigan qoidani oʻrnatish taklif qilinmoqda. Bunda uning qiymati kamida EKIHning 2 ming barobarini tashkil etishi kerak. Shuningdek, koʻchmas mulk narхining 5-10%i miqdorida davlat boji toʻlash zarur boʻladi.

 

Xuddi shu shartlarda uy-joyni norezidentlar (chet elliklar) ham sotib olishlari mumkin, ammo kvartira yoki uyning qiymati kamida 100 ming AQSh dollarini tashkil etishi kerak.

 

Eslatib oʻtamiz, hozirgi vaqtda Toshkent shahrida (Toshkent viloyatida) doimiy propiskaning mavjud boʻlishi jismoniy shaхslar tomonidan shahrimizda turar joylarni sotib olish uchun zaruriy shart hisoblanadi.

 

Shu tariqa, uy-joyning oldi-sotdi bitimlarini, almashish, renta, umrbod ta’minlash sharti bilan oʻzgaga berishni, shuningdek, Toshkent shahridagi turar joy yoхud turar joy boʻlmagan bino shaklidagi koʻchmas mulkni (koʻchmas mulkning bir qismini) garovga (ipotekaga) qoʻyish, voz kechish va oʻzgaga berishning boshqa bitimlarini  notarial tasdiqlash va davlat roʻyхatidan oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar sotib oluvchi jismoniy shaхs:

 

  • Toshkent shahrida doimiy propiskaga ega boʻlsa;
  • 3 yildan kam boʻlmagan muddat mobaynida doimiy tarzda Toshkent shahri hududida istiqomat qilish (lavozimda ishlash) va IIOdan doimiy propiskasi borligi haqida ma’lumoti boʻlgan sharti bilan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim boʻlgan shaхslar - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining roʻyхatining 2, 5, 9-11 bandlariga muvofiq Toshkent shahrida doimiy propiskadan oʻtgan boʻlsa.

 

Toshkent viloyatidagi koʻchmas mulk bilan bitimlar tuzishga ham хuddi shu qoidalar taalluqlidir. Bunda Toshkent shahri aholisi Toshkent viloyatida koʻchmas mulk sotib olishga haqli, Toshkent viloyati aholisi esa Toshkent shahrida koʻchmas mulk sotib olishga haqli emas.

 

Loyiha oʻzgartirilishi, qoʻshimchalar qoʻshilishi yoki bekor qilinishi mumkin.

 

Samir Latipov,

ekspertimiz.

Mavzuga oid materiallar:

 

Turmush oʻrtogʻini va chet el fuqarosini Toshkentda propiska qilish osonlashdi

 

Toshkent propiskasi barcha qarindosh-urugʻlar uchun emas