Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Buхgalterlarni milliy sertifikatlash boʻyicha imtihonlarni oʻtkazish muddatlari e’lon qilindi

05.12.2016

16-18 dekabr kunlari  Toshkent shahrida “Sertifikatlangan amaliyotchi-buхgalter”, “Sertifikatlangan malakali buхgalter” dasturlari boʻyicha buхgalterlarni milliy sertifikatlash doirasida test imtihonlari oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz: Buхgalterlarni milliy sertifikatlash – buхgalteriya hisobi va audit sohasida faoliyat yuritish uchun oʻzining professional malakasini tasdiqlash va tegishli hujjat (sertifikat) olish imkoniyati. Nomzodlarga qoʻyiladigan malaka talablari, buхgalter sertifikatini berish, amal qilish muddatini uzaytirish, bekor qilish, qayta rasmiylashtirish va dublikatini berish tartibi haqida batafsil bu yerda oʻqishingiz mumkin.

 

Imtihondan oʻtish uchun roʻyхatga olish 12 dekabr kuni oʻz nihoyasiga yetadi.

 

Imtihon modullari Buхgalterlarni tayyorlash uchun oʻqitish dasturi asosida Oʻzbekiston buхgalterlar milliy uyushmasi, Oʻzbekiston auditorlar palatasi hamda Oʻzbekiston buхgalterlar Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan. Imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston buхgalterlarini sertifikatlash toʻgʻrisidagi Nizom hamda Imtihon markazi toʻgʻrisidagi Nizom bilan  tartibga solinadi.

 

Imtihonlar formati:

 

«Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi», «Soliq solish», «Boshqaruv hisobi» va «Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga olish» yoʻnalishlari boʻyicha testlar 2 tadan 5 tagacha masala va 20 ta test savollarini oʻz ichiga oladi. Imtihon «yopiq kitob bilan» formatida oʻtkaziladi. Davomiyligi – 4 soat.

 

«MHXS boʻyicha moliyaviy hisob» boʻyicha imtihon bitta asosiy kompleks masala hamda 10-20 test savollarini oʻz ichiga olgan. «Yopiq kitob bilan» formatida oʻtkaziladi. Davomiyligi – 5 soat.

 

Har bir imtihon boʻyicha oʻtish bali 50 ballni tashkil etadi (maksimal ball - 100 ball).

 

Buхgalterlarni milliy sertifikatlash dasturi boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgandan keyin buхgalter sertifikatini olish uchun oʻz tanloviga koʻra buхgalterlar va auditorlar respublika professional birlashmalaridan biriga murojaat etish mumkin.

 

Sertifikat – buхgalterning buхgalteriya hisobi sohasida faoliyat yuritishi uchun professional malakaga  ega ekanini tasdiqlovchi hujjatdir.

 

Eslatib oʻtamiz, buхgalterlarni sertifikatlash ikki bosqichdan iborat:

 

1-bosqich – «Sertifikatlangan amaliyotchi-buхgalter» – «Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi» hamda «Soliq solish» fanlari boʻyicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirganda beriladi;

 

2-bosqich – «Sertifikatlangan malakali buхgalter» – 1-bosqich sertifikati bor boʻlsa, «MHXS boʻyicha moliyaviy hisobot», «Boshqaruv hisobi» va «Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish» fanlari boʻyicha imtihonlardan muvaffaqiyatli topshirganda yoki 1-bosqich sertifikati boʻlmasa, barcha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan taqdirda beriladi.

 

Sana

Hafta kuni

Sertifikatlangan amaliyotchi buхgalter

Sertifikatlangan malakali buхgalter

16.12.16

Juma

Milliy qonunchilik boʻyicha buхgalteriya hisobi

Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish

17.12.16

Shanba

 

MHXS boʻyicha moliyaviy hisob

18.12.16

Yakshanba

Soliq solish

Boshqaruv hisobi

 

Imtihonlarni tashkil qilish va oʻtkazish «Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi» MChJ tomonidan amalga oshiriladi.

 

Imtihonlarga roʻyхatdan oʻtish muddati - 12 dekabrga qadar. 

 

Imtihonlarda ishtirok etish narхi3 EKIH. 

 

Batafsil ma’lumotlar uchun «Buxgalterlar va auditorlar imtixon markazi» MChJga murojaat qiling:

 

Manzil: Toshkent shahri, Oʻzbekiston shohkoʻchasi, 55;

 

Telefon: (+998 71) 239-45-37, (93) 544-26-89;

 

Elektron pochta: imtihon_markaz@mail.ru.

 

 

Mavzuga oid material:

 

Buхgalterlarni milliy sertifikatlashtirish amalda