Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Byudjet mablagʻlarini taqsimlovchilarning byudjet dasturlari qanday shakllantiriladi

08.01.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 04.01.2024 yildagi 4-son Qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasida dasturiy byudjetlashtirish tizimini realizatsiya qilishda byudjet taqsimlovchilarning byudjet dasturlarini ishlab chiqish, nazorat qilish va samaradorligini baholash tartibi toʻgʻrisida Nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

  • byudjetlashtirish dasturiy tizimini joriy qilishda byudjet dasturlarini ishlab chiqish tartibi va muddatlari;
  • byudjet dasturining maqsadli koʻrsatkichlari va ularga qoʻyiladigan talablar;
  • byudjet dasturlarini moliyalashtirish manbalari;
  • byudjet dasturlarining bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish, shuningdek ularning ijrosi boʻyicha hisobotlarni tayyorlash;
  • byudjet dasturlarining samaradorligini baholash va ularning realizatsiyasi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlash.

 

Byudjet dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishning ustuvor yoʻnalishlari:

  • davlat byudjetidan har yilgi ajratmalar doirasida aniq maqsadlar va natijalar asosida sifat va miqdoriy koʻrsatkichlarni (indikatorlarni) shakllantirish;
  • byudjet loyihasini tayyorlash va qabul qilishda byudjet taqsimlovchilarning moliyaviy mustaqilligini oshirish;
  • byudjet dasturlarini amalga oshirish uchun mas’ul boʻlgan byudjet taqsimlovchilarning jamoatchilik oldida hisobdorligi;
  • ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda belgilangan strategik maqsad va vazifalardan kelib chiqib amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini tahlil qilish va baholash.

 

Iqtisodiyot va Moliya vazirligiga 2024 yil 1 sentyabrgacha «UzASBO» dasturiy kompleksida byudjet dasturlarini shakllantirish, tasdiqlash, roʻyхatga olish va amalga oshirish boʻyicha hisobotlarni elektron shaklda taqdim etish topshirilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 05.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova