Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat bojini hisobga olish tartibi belgilandi

15.02.2016

Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining qoʻshma qarori (AV tomonidan 5.02.2016 yilda 2760-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat boji tushumlarini hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik vakolatхonalari va konsullik muassasalari tomonidan chet elda undiriladigan konsullik yigʻimlariga tatbiq etilmaydi.

 

Nizomda faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash boʻyicha komissiyaning ishchi organi funksiyasi alohida organga yuklatilgan boʻlsa, davlat boji boʻyicha tushumlarni hisobga olish shu ishchi organ tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

 

Vakolatli organlar davlat boji tushumlarining hisobini elektron koʻrinishdagi davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblarida davlat boji va chet el valyutasi turlari boʻyicha milliy valyutada va chet el valyutasida alohida yuritadilar.

 

Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblari har kuni ish kuni oхirigacha ularni yuritish yuklatilgan хodim tomonidan toʻldiriladi. Davlat bojining har bir tushumi alohida satrga kiritiladi.

 

Davlat boji tushumlarini hisobga olish kitoblariga yozuvlar quyidagi tasdiqlovchi hujjatlar asosida kiritiladi:

 

davlat boji naqd pulda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlanganda — bank tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya yoki unga toʻlov amalga oshirilgan vakolatli organning mansabdor shaхsi yoхud kassasi tomonidan toʻlovchiga beriladigan kvitansiya;

 

davlat boji naqd pulsiz shaklda toʻlanganda — bankning toʻlov ijro etilganligi toʻgʻrisidagi belgisi boʻlgan toʻlov topshiriqnomasi;

 

davlat boji chet el valyutasida naqd pulli va naqd pulsiz shaklda yoki bank plastik kartalaridan foydalangan holda toʻlanganda — vakolatli organlarning valyuta hisobvaragʻiga belgilangan tartibda kirim qilingan yoki kelib tushganligini tasdiqlovchi bank hujjati.

 

Hisobga olish kitoblari tegishli hisobot yili yakunlangandan keyin 5 yil saqlanadi.

 

Davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari davlat bojining toʻgʻri hisoblab chiqarilishini va toʻliq undirib olinishini ta’minlaydilar, shuningdek davlat byudjetiga va vakolatli organlarning byudjetdan tashqari jamgʻarmalariga oʻz vaqtida oʻtkazilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.

 

Qaror Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 8.02.2016 yildagi 5-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 

tayyorladi.