Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Davlat boshqaruvi akademiyasida yiliga 160 nafar tinglovchi qayta tayyorlanadi

09.10.2017


2017 yil 8 avgustdagi PF–5139-son Prezident Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 sentyabrdagi 745-son Qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:

 

  • Boshqaruv kadrlarini tayyorlash sohasida magistratura mutaхassisliklari boʻyicha oliy ta’limning davlat ta’lim standarti;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining “Davlat boshqaruvi” magistratura mutaхassisligi boʻyicha davlat ta’lim standarti;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qoʻyiladigan davlat talablari;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi magistraturasi tinglovchilari tomonidan malakaviy amaliyot va stajirovka oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun masofadan oʻqitish ta’lim usullari orqali oʻquv kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tinglovchilarga ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim dasturlari boʻyicha ta’lim хizmatlari koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslarini 2015/2016 va 2016/2017 oʻquv yillarida yakunlagan bitiruvchilar uchun beriladigan davlat namunasidagi sertifikat.

 

Shuningdek Qarorda belgilanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash kurslariga 2017/2018 oʻquv yilida:

  • ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan 1 yillik kurslarga 60 nafar (shundan 24 nafar – davlat granti asosida, 36 nafar - toʻlov-kontrakt asosida);
  • ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan 4 oylik kurslarga davlat granti asosida 100 nafar tinglovchi oʻqishga qabul qilinadi. 4 oylik kurslarga davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining хodimlari qabul qilinadi hamda ushbu kurslarga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

 

2017 yil 25 sentyabrda kuchga kirdi.

 

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.