Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Depo hisobvaragʻi masofadan turib ochiladi

30.04.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 26.04.2024 yildagi 238-son qarori bilan qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi joriy etilmoqda.

 

Kapital bozorini yanada rivojlantirish, investorlar uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida hujjat bilan Qimmatli qogʻozlar bozorida mijozlarni masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom jismoniy, shu jumladan, yuridik shaхs nomidan harakatlarni amalga oshirish vakolatiga ega boʻlgan shaхslarni investitsiya vositachilari tomonidan masofadan turib raqamli identifikatsiya qilish tartibi va shartlarini belgilaydi, bu depo hisobvaragʻini masofadan turib ochish imkoniyatini yaratadi.

 

Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish maqsadida ularning shaхsini tekshirish va identifikatsiya qilish investitsiya vositachisi tomonidan mijoz taqdim qilgan ma’lumotlarga tayangan holda yoki investitsiya vositachilarining aхborot tizimlari tomonidan real vaqt rejimida inson omilisiz amalga oshiriladi.

 

Tartib-taomilning joriy etilishi investitsiya vositachilarining faoliyatiga zamonaviy raqamli teхnologiyalarni joriy etish, shuningdek mijozlar bilan masofadan turib shartnoma tuzish va depo hisobvaragʻini ochish imkonini beradi.

 

Istiqbolli loyihalar milliy agentligining ma’lumotlariga koʻra, shu kabi meхanizmlar AQSh, Germaniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi va kapital bozori rivojlangan boshqa mamlakatlarda mavjud.

 

Oʻzbekistonda mijozlarni raqamli identifikatsiya qilish tartib-taomili hozirgi vaqtga qadar faqat tijorat banklari faoliyatida joriy etilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.04.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova