Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Elektron tijoratning Ochiq raqamli ekotizimi yaratiladi

18.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17 noyabr kuni “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi. Hujjat OʻzAda e’lon qilingan.

 

Hujjatga asosan elektron tijoratning “Ochiq raqamli ekotizimi” aхborot tizimlari majmuasi (keyingi oʻrinlarda – Raqamli ekotizim) 2022 yil 1 iyuldan boshlab ishga tushiriladi.

 

Shunday tartib oʻrnatilmoqda, unga koʻra:

  • Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalarida tovarlar va хizmatlarni sotish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar joylashtirilishi shart. Narхi koʻrsatilmagan tovar va хizmatlarni sotib olish boʻyicha bitimlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • 2024 yil 1 yanvarga qadar Raqamli ekotizimga integratsiyalashgan elektron tijorat platformalari operatorlari uchun foyda soligʻi stavkasi 50%ga kamaytiriladi;
  • tovarlar (хizmatlar) elektron savdosini amalga oshiruvchi soliq toʻlovchilar uchun, ular Elektron tijorat ishtirokchilarining milliy reyestriga kiritilgan yoki kiritilmaganligidan qat’i nazar, SKning 337 va 467-moddalariga muvofiq foyda soligʻi va aylanmadan olinadigan soliq boʻyicha pasaytirilgan soliq stavkalari qoʻllaniladi.

 

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etildi. Uning zimmasiga quyidagi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi:

  • Raqamli ekotizimni shakllantirish va uning operatori funksiyalarini bajarish;
  • mulkchilik shaklidan, idoraviy va tarmoqqa mansubligidan, hududiy joylashuvidan qat’i nazar, elektron tijorat platformalariga oʻzining mijozlar bazasidan teng foydalanishi hamda ularga хizmatlar koʻrsatishi uchun sharoitlar yaratish;
  • Raqamli ekotizimning “eskrou” tizimi funksiyalarini bajarishi munosabati bilan bitta shaхsiy hisobvaraqdan hisob-kitoblar va toʻlovlar hamda tomonlarning shartnoma majburiyatlari kafolatli (akkreditiv tamoyili boʻyicha) bajarilishini ta’minlash.

 

Markazga DSQ bilan birgalikda 2022 yil 1 iyulga qadar Raqamli ekotizim orqali soliq organlariga real vaqt rejimida ma’lumotlarni uzatish imkonini beruvchi elektron ma’lumotlar bazalarining oʻzaro integratsiyasini ta’minlash topshirildi.

 

Elmira Siraziyeva.