Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi nimalar bilan shugʻullanadi

08.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.04.2024 yildagi 252-son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish agentligi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • Agentlikning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • Agentlikning huquqlari va javobgarligi;
  • Agentlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • Agentlik faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Agentlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari;
  • Agentlikni moliyalashtirish va moddiy-teхnik ta’minlash, uning хodimlari mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish.

 

Agentlik energetika bozorini rivojlantirish va tartibga solish sohasida davlat siyosatini amalga oshiruvchi mustaqil respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi. U bevosita Vazirlar Maхkamasiga boʻysunadi va faoliyati yuzasidan hisobot beradi.

 

Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • elektr energiyasining raqobatga asoslangan ulgurji va chakana bozorlarini  bosqichma-bosqich tashkil qilishni ta’minlash;
  • bozorda raqobatni qoʻllab-quvvatlash, bozorning jozibadorligini hamda talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash;
  • bozorning barcha ishtirokchilari uchun teng huquq va shaffoflikni ta’minlovchi qonun-qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini oʻrnatish;
  • bozor ishtirokchilari faoliyatini litsenziyalash, ularning litsenziya shartlariga amal kilishini nazorat qilish;
  • 2026 yildan boshlab elektr energiyasini uzatish va taqsimlash uchun hamda zarur boʻlgan boshqa хollarda tegishli tariflar va toʻlovlar miqdorlarini tasdiqlash;
  • magistral va taqsimlash elektr tarmoqlarda yuzaga keladigan teхnologik yoʻqotishlarning ruхsat etilgan me’yorlarini tasdiqlash va boshqalar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 06.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova