Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Yer soligʻining eng kam miqdori faqat Toshkent shahri uchun

14.02.2017

Mazkur Nizom shunday tartibni koʻzda tutadiki, unga koʻra YaST toʻlovchilari byudjetga mazkur soliqni egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer soligʻining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.

 

Ilgari YaST eng kam miqdorini aniqlashda mazkur joy va yer toifasi uchun oʻrnatilgan eng kam stavka hisobga olinar edi.

 

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qarori (roʻyхat raqami AV-2203–5, 2017 yil 6 fevral) bilan mazkur Nizomga oʻzgartirishlar kiritildi, Ularga koʻra YaST eng kam miqdorini aniqlash uchun yer soligʻining eng kam stavkasi faqat Toshkent shahrida joylashgan yer maydonlariga nisbatan qoʻllaniladi (5 zona uchun – 22 813 125 soʻm oʻrnatilgan).

 

Respublikaning boshqa hududlarida joylashgan yer maydonlariga oʻsha joy va yer toifasi uchun belgilangan yer soligʻi stavkasi qoʻllaniladi.

 

Mazkur oʻzgartirishlar rasman e’lon qilingunga qadar mazkur Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YaST toʻlovchilari DSX organlariga belgilangan shakl boʻyicha Yagona soliq toʻlovi eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishgan (03.03.2011 yildagi 2203-son Nizomga 2-ilova), chunki uni taqdim etish muddati 1 fevralgacha.

 

Yer soligʻi stavkasi oʻzgargan soliq toʻlovchilar DSX organlariga kiritilgan oʻzgarishlarni inobatga olgan holda aniqlashtirilgan YaST eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini taqdim etishlari zarur.

 

Muzaffar Mirzaaniyev,

ekspertimiz.

Mavzuga oid materiallar:

 

Asosiy soliqlar boʻyicha stavkalar saqlab qolindi

 

Qanday imtiyozlar oʻrnatildi va uzaytirildi