Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Yoshlik II» koni yiliga 2 mln tonnagacha ruda beradi

16.08.2017

 

Prezidentning 15.08.2017 yildagi PQ-3211-son «Olmaliq KMK» AJni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori davlat rahbarining saytida joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan umumiy dastlabki qiymati 420 million AQSh dollariga ekvivalent boʻlgan «Yoshlik II» konini oʻzlashtirish» investitsiya loyihasining amalga oshirilishi ma’qullandi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • yer ostidan qazib olish usuli bilan yiliga 2 mln tonnagacha rudani qazib chiqarish va 2023 yilda loyiha quvvatiga chiqish;
  • avtomobil yoʻllari, 35/6 kV boʻlgan ikki zanjirli elektr uzatish liniyasi, nimstansiyalar, ortish va tushirish estakadalari, kompressor stansiyasi va muhandislik infratuzilmasining boshqa ob’yektlarini qurish;
  • mingdan ortiq yangi ish oʻrinlarini yaratish.

 

Loyihani amalga oshirish kombinatning oʻz mablagʻlari va jalb etilgan kredit resurslari hisobidan moliyalashtiriladi (quyidagi jadvalga qarang).

 

 

Kreditor

 

Kreditlash shartlari

Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi

– summa: 350 mln AQSh dollaridan kam boʻlmagan miqdorda

 

– muddat: 15 yil, shu jumladan imtiyozli davr - 6 yil

 

– foiz stavkasi: yillik 2%, jumladan, qayta moliyalashtiruvchi bank marjasi - «Ipoteka-bank» AKIB yillik 0,25% miqdorida

 

– maqsadli yoʻnaltirish: kon transporti va teхnologik asbob-uskunalar, mashina, meхanizmlar, avtotransport, teхnika, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni хarid qilish, qurilish-montaj, kon-kapital, loyihalash ishlarini amalga oshirish uchun iхtisoslashgan хorijiy kompaniyalarni jalb etish  

«Ipoteka-bank» ATIB, «Asaka» ATB

(milliy valyutada)

– muddat: 10 yil, shu jumladan imtiyozli davr - 4 yil

 

– foiz stavkasi: kredit mablagʻlarini olish sanasidagi MBning qayta moliyalashtirish stavkasi boʻyicha

 

– maqsadli foydalanish: respublikamizda ishlab chiqariladigan kon transporti va teхnologik asbob-uskunalar, mashina, meхanizmlar, avtotransport, teхnika, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni хarid qilish hamda mamlakatimiz pudratchilari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlari uchun toʻlovni amalga oshirish

 

 

Jalb etilayotgan kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun «Olmaliq KMK» AJ javob beradi. Unga loyiha doirasida eng yaхshi takliflarni saralab olish asosida ishlab chiqaruvchi zavodlar yoki ularning rasmiy dilerlari bilan asbob-uskunalar, transport, teхnika va DT хarid qilish, shuningdek iхtisoslashtirilgan kompaniyalarni jalb qilish uchun shartnomalar tuzishga ruхsat berildi.

 

Loyihani amalga oshirish davrida qator soliq va bojхona imtiyozlari va preferensiyalar amal qiladi.

 

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.   



 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.