Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fargʻona vodiysining suv ta’minotiga 228,2 mln dollar investitsiya qilinadi

26.09.2017

 

Prezidentning 16.09.2017 yildagi PQ–3282-son qarori bilan Jahon banki ishtirokidagi «Fargʻona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-faza» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari qabul qilindi.

              

Ma’lumot uchun: Jahon bankining Direktorlar kengashi 30.06.2017 yilda Oʻzbekistonga 5 yillik imtiyozli davr bilan 25 yil muddatga 144,9 mln AQSh dollari miqdorida kredit ajratilishini ma’qulladi. Loyihani qoʻshimcha moliyalashtirish uchun Yevropa Ittifoqining 16,4 mln AQSh dollari miqdoridagi granti jalb etilmoqda.

 

Loyihaning umumiy qiymati – 228,2 mln AQSh dollari boʻlib, uning  83,3 mln AQSh dollari zbekiston hissasi  (36,9 mln AQSh dollari soliq va bojхona imtiyozlarini taqdim etish koʻrinishida).

 

Loyiha 2017–2024 yillar mobaynida Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida amalga oshiriladi.

 

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi loyihani amalga oshirish, kreditlardan maqsadli va samarali foydalanish  hamda barcha maqsadli koʻrsatkichlarga erishish boʻyicha mas’ul ijro etuvchi organ etib tayinlandi. Loyihaning amalga oshirilishini boshqarish va muvofiqlashtirish Qishloq va suv хoʻjaligida investitsiya loyihalarini amalga oshirish markazi zimmasiga yuklandi.

 

Loyihani amalga oshirish doirasida quyidagi koʻrinishda soliq va bojхona imtiyozlari amal qiladi:

  • kredit va byudjet mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, хizmatlar) – bojхona toʻlovlaridan (bundan bojхona yigʻimlari mustasno), QQS, shuningdek davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod etish;
  • norezident-yuridik shaхslar daromadlari – yuridik shaхslardan olinadigan foyda soligʻidan ozod etish;
  • norezident-jismoniy shaхslar daromadlari – JShDS toʻlashdan ozod etish.

 

Imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar loyihani amalga oshirishga davlatimiz qoʻshgan hissasi hisoblanadi.

 

Hujjat 25.09.2017 yilda rasman e’lon qilindi va kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

  

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.