Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Fuqarolar yigʻinining kengashida – 2 nafar yangi maslahatchi, profilaktika inspektori va ijtimoiy muassasalar rahbarlari

25.04.2017

 

2017 yil 3 fevraldagi PF–4944-son «Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 219-son Qarori bilan Fuqarolar yigʻini toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga oʻzgartirishlar kiritildi.

 

Endilikda fuqarolar yigʻini vakolatlariga keksalar va faхriylar ishlari boʻyicha maslahatchi, yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi (yangi joriy etilgan lavozimlar), shuningdek profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika) rahbarlari hisobotlarini eshitish ham taalluqlidir.

 

Bundan tashqari fuqarolar yigʻinining qarorlarini bajarish va fuqarolar yigʻinlari oraligʻidagi davrda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan fuqarolar yigʻinining kengashi tarkibiga endilikda keksalar va faхriylar ishlari boʻyicha maslahatchi, yoshlar masalalari boʻyicha maslahatchi, profilaktika inspektori, ta’lim muassasalari va qishloq vrachlik punkti (oilaviy poliklinika) rahbarlari ham kiradi.

 

Hujjat davlat tilida qabul qilingan va 2017 yil 24 aprelda kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz Sardor JUMAShOV

tayyorladi.