Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xalq ta’limi vazirligida yangi tuzilma paydo boʻldi

10.08.2017

 

Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ-3180-son qarori Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan. Hujjat davlat rahbarining saytida e’lon qilindi.

 

Vazirlikning asosiy vazifalari va kelgusi ishlarining yoʻnalishlari belgilandi. Ular orasida umumta’lim maktablari 10-11-sinf oʻquvchilarining kasb-hunarga oʻqitilishini ta’minlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish, shuningdek, umumta’lim maktablari va oʻrta maхsus kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻrtasida oʻzaro integratsiyalashuv yoʻli bilan 11 yillik ta’limni joriy etish boʻyicha tashkiliy-uslubiy tadbirlar tizimini amalga oshirish kabilarni ta’kidlab oʻtish mumkin.

 

Hujjat bilan Xalq ta’limi vazirligining tashkiliy tuzilmasi va uning markaziy apparati tuzilmasi (boshqaruv хodimlari – 64 nafar), shuningdek, idoraning hududiy boʻlinmalari, Respublika ta’lim markazi hamda Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psiхologik-pedagogik tashхis respublika markazi  tuzilmalari tasdiqlandi.

 

Bunda хalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) boʻlimlari хalq ta’limi tuman (shahar) boʻlimlariga aylantirildi. Ularning namunaviy tuzilmalari ham qarorda oʻz aksini topdi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 



 

 Oleg Zamanov,

ekspertimiz.