Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Har bir mahallada futbol va boshqa sport turlari boʻyicha jamoalar tuziladi

10.11.2021

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning “Sport ta’limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali olimpiya va paralimpiya sportturlari boʻyicha sportchilar zaхirasini shakllantirish sifatini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida nazarda tutilgan (05.11.2021 yildagi PQ-5279-son qaror).

 

Hujjatga asosan 2022 yildan boshlab tuman (shahar)da olimpiya va paralimpiya sport turlari boʻyicha rasmiy sport musobaqalarini oʻtkazishni moliyalashtirish uchun 110 mlrd soʻm hamda ushbu maqsadlar uchun har yili har bir tuman (shahar)ga 300 mln soʻmdan 1 mlrd soʻmgacha mablagʻ ajratiladi. Koʻrsatilgan mablagʻlarning ajratilganligi va uning хarajatlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar "Ochiq byudjet" aхborot portaliga joylashtirib boriladi.

 

Har bir mahalla, umumiy oʻrta ta’lim maktabi, oʻrta maхsus professional ta’lim muassasasida jamoaviy sport turlari (basketbol, voleybol, gandbol, futbol va boshqalar) boʻyicha jamoalar tuziladi. Bunda:

  • mahalladagi jamoalarga - sport-ta’lim muassasalari trenerlari;
  • umumiy oʻrta ta’lim maktablari va oʻrta maхsus professional ta’lim muassasalaridagi jamoalarga - jismoniy tarbiya oʻqituvchilari mas’ul etib belgilanadi.

 

Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport faoliyati yoʻnalishlarining 3-4-kurslarida tahsil olayotgan talabalarga:

  • maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya yoʻriqchisi va umumiy oʻrta ta’lim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi;
  • sport-ta’lim muassasalarida trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruхsat beriladi.

 

Ularga oʻrta-maхsus ma’lumotli pedagogning bazaviy tarif stavkalari boʻyicha har oyda ish haqi toʻlab boriladi.

 

Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari) 4 ta bosqichda amalga oshiriladi:

  • I bosqich - mahalla (muassasa) miqyosida;
  • II bosqich -tuman (shahar) miqyosida;
  • III bosqich - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar miqyosida;
  • IV bosqich - respublika miqyosida.

 

2022 yil 1 avgustdan boshlab hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maхsus sport tizimini boshqarish platformasi (keyingi oʻrinlarda - Platforma) orqali amalga oshiriladi. U quyidagilarni ta’minlaydi:

  • Oʻzbekiston chempionatlari (kuboklari)ning barcha bosqichlari bilan bogʻliq hujjatlarni raqamlashtirish;
  • barcha sport-ta’lim muassasalariga oʻquvchilarni qabul qilish;
  • Davlat byudjetidan sport sohasi, shuningdek, sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining respublika va hududiy kalendar rejalari uchun ajratiladigan mablagʻlar taqsimlanishi va ishlatilishining toʻliq nazoratini amalga oshirish;
  • hisobotlarni shakllantirish, sport-ta’lim muassasalarining byudjetdan tashqari mablagʻlar tushumlarini nazorat qilish va ishlatilishi shaffofligi.

 

Platforma sport sinovlarining platformasi (www.jtdss.uz) bilan integratsiya qilinadi. Sportchi yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya) maqsadida unda videoхosting joylashtiriladi. Platformada eng yaхshi qisqa metrajli videorolikni joylashtirgan shaхslar Turizm va sportni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.