Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda boʻlish tartibi belgilanmoqda

07.05.2024

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 01.05.2024 yildagi “Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash tugʻrisida”gi 256-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Xoʻjalik yurituvchi sub’yektlarni majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizom tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga tadbiq etiladi. Nizom tabiiy monopoliyalar sub’yektlariga tatbiq etilmaydi.

 

Majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning  buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan ilgari qoʻllanilgan choralar samarasiz boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.

 

Maхsus komissiyaning qaroriga asosan monopoliyaga qarshi kurashish organi tomonidan iqtisodiy sudga tegishli da’vo arizasi kiritiladi.

 

Majburiy tarzda boʻlish yoki ajratib chiqarish toʻgʻrisidagi qaror bajarilmagan taqdirda monopoliyaga qarshi kurashish organining da’vo arizasiga asosan sud tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektga boshqaruvchi tayinlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 02.05.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev