Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Hujjat bilan birga unga rasmiy sharhlar ham oʻz kuchini yoʻqotadi

23.05.2016

Adliya vazirining buyrugʻi (AV tomonidan 12.05.2016 yilda 2565-3-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) bilan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritildi.

 

Qoidalarga idoraviy me’yoriy-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof etish toʻgʻrisidagi qoʻshimchalar kiritildi.

 

Rasmiy sharh berilgan idoraviy NHH oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotganda, unga berilgan rasmiy sharh hujjat qanday tartibda qabul qilingan boʻlsa, хuddi shunday tartibda oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanadi.

 

Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hamda rasmiy sharhni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi buyruqlar, qarorlar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami — Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistanda e’lon qilinadi.

 

Buyruq Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplamining 16.05.2016 yildagi 19-sonida rasman e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida yangi» sharhini

ekspert-yuristimiz  

Yelena YeRMOXINA 
tayyorladi.