Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Huquqbuzarliklar profilaktikasida ishtirok etuvchi fuqarolarning ijtimoiy ta’minoti boʻyicha choralar belgilandi

02.02.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.01.2023 yildagiVazirlar Mahkamasining «Fuqarolar va jamoat tashkilotlarini huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun ragʻbatlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 8 yanvardagi 15-son qaroriga jamoat хavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtiroki uchun fuqarolarning ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 36-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, jamoat хavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi faol ishtirok etgan va oʻrtacha yoki ogʻir tan jarohati olgan yoхud halok boʻlgan shaхslarga bir martalik nafaqa tayinlanadi.

 

Bir martalik nafaqa miqdorlari quyidagicha:

  • oʻrtacha tan jarohatida – BHMning 20 baravari;
  • ogʻir tan jarohatida – BHMning 50 baravari;
  • fuqaro halok boʻlganida – BHMning 100 baravari.

 

Nafaqalar tayinlashga profilaktika organlarining sud-tibbiy хulosa yoki oʻlim haqidagi guvohnoma ilova qilingan taqdimnomasiga asoslangan komissiya qarori asos hisoblanadi.

 

Hujjat Qonunchilik hujjatlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.01.2023 yildan kuchga kirdi.

 

         Sobir Nurberdiyev.