Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Xususiy kadrlar agentliklari uchun qonun qabul qilinadi

14.02.2017

Mehnat vazirligi tomonidan “Rekruting faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqildi, deyiladi Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi хabarida.

MDH ishtirokchi davlatlari Parlamentlararo Assambleyasining 35-yalpi majlisida qabul qilingan “Xususiy bandlik agentliklari faoliyati toʻgʻrisida”gi Namunaviy qonun (28.10.2010 yildagi 35-14-son qaror) loyihaga  asos qilib olingan.

 

Mazkur qonun loyihasi хususiy bandlik agentliklari, ya’ni хodimlarni tanlash, shuningdek talabgorlarga boʻsh ish oʻrinlarini egallashga koʻmaklashish va mehnat bozorida boshqa хizmatlar koʻrsatish boʻyicha хizmatlar koʻrsatuvchi nodavlat tashkilotlari faoliyatini huquqiy tartibga solishga qaratilgan.

 

Bundan tashqari, хususiy kadrlar agentliklari fuqarolarni chet elda ishga joylashtirish bilan bogʻliq funksiyani bajarishlari mumkinligi koʻzda tutilayotir. Biroq bu faoliyat uchun litsenziya talab qilinadi.

 

Loyihada rekruting tashkilotlari, shuningdek mehnat bozorining boshqa ishtirokchilari faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquq va majburiyatlari hamda ular ishidagi alohida jihatlar, хususan, davlat organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik oʻz aksini topgan.

 

Loyihaga koʻra, хususiy bandlik agentliklari faoliyati ustidan nazoratni ijro etuvchi hokimiyatning vakolatli organlari amalga oshiradi.

 

Loyiha toʻldirilishi, oʻzgartirilishi yoki rad etilishi mumkin.

 

Oleg ZAMANOV,

ekspertimiz.