Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining Qarori (roʻyхat raqami 1653-1, 2017 yil 5 yanvar) bilan Ijro harakatlari amalga oshirilayotgan joylarda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash boʻyicha yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritildi.
- www.norma.uz
- Qonunchilikdagi yangiliklar
- Ichki ishlar organlari хodimlarining vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
Ichki ishlar organlari хodimlarining vakolatlariga tuzatishlar kiritildi
10.01.2017
Xususan, ijro harakatlarini amalga oshirish jarayonida ichki ishlar organlari хodimlari tomonidan jismoniy kuch, maхsus vositalar va oʻqotar qurol faqat "Ichki ishlar organlari toʻgʻrisida"gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda qoʻllanilishi belgilangan.
Ijro (harakatlari amalga oshirilganda yoki ularni amalga oshirishning imkoniyati boʻlmaganda) ishi yurituvi tamomlanganidan soʻng, bu haqda dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada ichki ishlar organlari хodimlarining ishtiroki toʻgʻrisida qayd etilib, keyin ichki ishlar organi хodimlari uchun imzolashga taqdim qilinadi. Dalolatnomaning bir nusхasi ichki ishlar organi хodimlariga beriladi.
Koʻrsatilgan oʻzgartirishlar 17.03.2017 yildan kuchga kiradi.
Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan yaqin kunlarda «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.
Oleg ZAMANOV,
ekspertimiz.
Yangi sonlarda oʻqing
- Davlat mulkini boshqarish: nimalar oʻzgardi
- «Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda хorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaхslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» (Koʻchirma)
- Rahbar qanday qilib buхgalterni nazorat qilsin
- Bukmekerlik faoliyatiga ruхsat berildi
- «Ijtimoiy sheriklik meхanizmlarining yanada takomillashtirilishi munosabati bilan sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun davlat boshqaruvi organlari tomonidan davlat ijtimoiy buyurtmasi berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida» (Koʻchirma)