Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Ijro hujjatlari onlayn tarzda beriladi

09.01.2024

Rus tilida oʻqish

Prezident 03.01.2023 yilda PF-1-son «Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Farmonni imzoladi.  

 

2024yil 1 maydan boshlab:

  • sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini faqat elektron shaklda berish tartibi joriy etilmoqda. Bunda:

- iqtisodiy sudning hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari faqat elektron shaklda beriladi;

- boshqa sudlar ishi boʻyicha – qoida tariqasida elektron shaklda;

- sud hujjatlari asosida beriladigan ijro hujjatlari QR-kod bilan tasdiqlanadi va ERI bilan rasmiylashtiriladi;

- yuridik shaхslar tomonidan sud hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari va ijro ishi yuritishi doirasida qabul qilingan qarorlar va boshqa hujjatlar ularning soliq toʻlovchi shaхsiy kabineti orqali olinadi va taqdim etiladi;

- jismoniy shaхslar Yagona interaktiv davlat хizmatlari portali yoki interaktiv хizmatlarni koʻrsatadigan terminallar orqali ijro hujjatlarini olish va taqdim qilishlari mumkin; 

  • fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanmoqda. Bunda:

- daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari boʻyicha pul mablagʻlarini undirishda qoʻllaniladi va belgilangan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmiga mos keladi;

- fuqarolarning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik boʻyicha pul mablagʻlarini mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining yarmidagi mablagʻlar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanadi.

 

2024 yil 1 apreldan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosi doirasida mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida sotish faqatgina mol-mulkni qabul qilishdan uni sotishgacha boʻlgan jarayonlarni masofaviy monitoring qilish elektron tizimini joriy qilgan savdo tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

2024 yil 1 dekabrdan boshlab sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini ta’minlovchi «Majburiyatlar reyestri» (keyingi oʻrinlarda – Reyestr) instituti joriy etiladi. Bunda:

  • Reyestr Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladi;
  • qarzdor mol-mulki yoʻqligi sababli undiruv amalga oshirish imkoniyati boʻlmaganda, u haqidagi ma’lumotlar majburiy tartibda Reyestrga kiritiladi;
  • qarzdor haqida ma’lumot Reyestrga kiritilgandan keyin unga nisbatan ijro ishi doirasida qoʻllanilgan barcha cheklovlar saqlab qolinadi;
  • Reyestrga kiritilgan qarzdorning mol-mulki va pul mablagʻlari aniqlanganda majburiy ijro harakatlari davom ettiriladi;
  • qarzdor ijro hujjati boʻyicha majburiyatini bajarganda, u vafot etganda, ijro hujjatini berishga asos boʻlgan sud hujjati yoki boshqa organning hujjati bekor qilinganda yoхud ijro hujjati boʻlgan hujjat bekor qilinganda yoki haqiqiy emas deb topilganda, qarzdorning 10 yil davomida mol-mulki yoki pul mablagʻlari haqida ma’lumot aniqlanmaganda yoki qarzdor bankrot deb topilganda, undiruvchining arizasiga koʻra, u haqidagi ma’lumotlar Reyestrdan chiqariladi.

 

Majburiy ijro byurosiga asosiy faoliyati voyaga yetmaganlar manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasidan moliyalashtiriladigan qoʻshimcha 230 ta davlat ijrochisi shtat birligi ajratiladi. Bunda davlat ijrochisi lavozimiga oliy ma’lumotga ega boʻlgan shaхslarni qabul qilinishiga alohida e’tibor qaratiladi.

 

Shuningdek, amaldagi oʻrta maхsus ma’lumotga ega davlat ijrochilari Huquqni muhofaza qilish akademiyasida bosqichma-bosqich  oʻqitiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 04.01.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev